I.Fanning mazmuni Ushbu fan maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof olam bilan tanishtirish, tabiiy hodisa va jarayonlarning mohiyati, tabiiy hodisalar va ularning qonuniyatlari kabi hodisalarni qamrab oladi. Tabiatda va atrofimizda sodir bo‘ladigan tabiiy hodisalarni bilish, tabiatga ongli munosabatda bo‘lish kabi ongli munosabatda bo‘lishlari lozimligini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
Atrofimizdagi olam fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan boshqa tabiiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida tabiiy yo‘nalishdagi fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Fanning maqsadi va vazifasi.Fanni o‘qitishdan maqsad- talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat bilan tanishtirish metodologiyasining asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, tamoyillarini amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, tabiiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Amaliy mashg‘ulotlarda konferensiyalar, seminarlar, didaktik o‘yinlar, multimedia dasturlari qo‘llaniladi.
Fanni o‘qitishning vazifasi- talabalarga ta’lim-tarbiya berishda bolalarning tabiat bilan tanishtirish, ularni tabiatni tushunishga o‘rgatish, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalashni o‘rgatishdan iborat.
Tabiatshunoslik, tarixiy va o‘lkashunoslik g‘oyalariva tushunchalarini shakllantirishning nazariy asoslari haqidagi bilimga; - o‘qitish usullari va texnikasini oqilona tanlash va birlashtirish psixologik va pedagogik bilimlarni darsning maqsadlarini shakllantirishda, tabiatshunoslik, tarixiy va o‘lkashunoslik tushunchalarining shakllanish darajasini aniqlashda qo‘llash, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tanlangan dastur asosida (amalga oshirish uchun) Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq material tarkibini tanlash keyinchalik ta’lim jarayonida amaliy qo‘llay olish ko‘nikmasiga; - o‘quv yili davomida o‘quv materialini o‘rganishni tematik rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, nazariy fikrlarni bayon qilishi, ayni masalalarda o‘zining nuqtai nazarini asoslab berish malakasiga ega bo‘lishi lozim.