Atrof-olam-majmua


Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta‟limi haqida tushuncha



Download 1.38 Mb.
Page15/62
Date21.11.2023
Size1.38 Mb.
#62660
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
MAJMUA-(T.F)MAKTABGACHA YOSHDAGI-2023-24
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta‟limi haqida tushuncha.
Ekologik ta’lim -tarbiya tizimi asoslariga tabiat yaxlitligi hamda atrof-muhitning inson tomonidan o‘zgartirilishi haqidagi tasavvurlar qo‘yilgan. Bunda tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni oliy o‘quv yurtlarida hozirgi zamon ommaviy axborot vositalaridagi uzluksiz jarayon sifatida qaraladi.
U umumiy vazifalar bilan uyg‘unlashadi hamda mutaxassislik tayyorgarligi bilan bog‘liq holda tabaqalashtiriladi. Uning umumiy nazariy ko‘rsatmalari o‘quv rejasining turli qismlarida aks etgan bo‘lib, ma’ruza matnlari, elektron darsliklar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari mazmunida o‘z ifodasini topadi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning jarayoni har tomonlama rivojlangan shaxs ma‘naviy qiyofasini kamol topish jarayonining muhim va tarkibiy qismidir. U bolalarda milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida tabiatga ongli munosabat, tabiat zaxiralarini saqlash va ko‘paytirishga oid mas‘uliyat tuyg‘usi, ekologik muammolarni amaliy hal qilishdagi ko‘nikmalarning rivojlantirilishini o‘zida qamrab oladi. Sayyoramizda jumladan, respublika hududida vujudga kelgan ekologik vaziyat ta’lim-tarbiya tizimi oldiga quyidagilarni hal etishni muhim vazifa etib qo‘yadi. Bolalarning tabiatga ongli munosabatlari, tabiat komponentlarini yaxlitlikda va o‘zaro aloqadaligini his etish, tabiatning bolalar ekologik madaniyatini belgilab beradigan vosita sifatida namoyon bo‘lishi, atrof muhitga munosabatni ma‗naviy madaniyatning ajralmas qismi ekanligini anglash atrof-muhitga nisbatan bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shakllantirishda Bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim -tarbiya jarayonida atrof muhitni muhofaza qilishni ekologik qadriyat sifatida anglab etishlariga ilmiy-amaliy jihatdan sharoit yaratish yosh avlodga bular haqida ta’lim berilar ekan, tabiatdagi o‘zgarishlar va uning rivojlanishi, tabiatni o‘zgartirishda kishilarning roli hayotiy misollar bilan tushuntirib berilishi kerak.
Hayvonot olami va tabiat go‘zalligini payqay olish, sevishga o‘rgatish ham shu gruppada amalga oshiriladi. Bog‘cha uchastkasida va uning atrofidagi o‘simliklarni o‘rganish mahalliy sabzavot ekinlarini o‘rganishdan boshlanadi.
Bolalar bu gruppada b—7 ta o‘tchil o‘simliklarni guli va bargiga qarab ajrata olishlari, g‘alladoshlardan 2 tur, zamburug‘lardan 3—4 tur, mevali o‘simliklardan 2—3 tasini ajrata bilishlari kerak. Hayvonot olamidan esa 4—5 ta qishlovchi, 3—4 ta ko‘chmanchi qushlarni, 2—3 ta kapalak, qo‘ng‘iz chigirtka, chumoli, pashsha, asalari, qurbaqa, kaltakesaklarni bilishi, ularning yashash hayotini, harakatini (suzishi, sakrashi, daraxtlarga tirmashishi, uchishi, yugurishi kabi xususiyatlarini) o‘rganadilar. Eng muhimi, bu gruppa bolalar tabiatda yil fasllarining hosil bo‘lishini (kuz, qish, bahor va yozni), ularning harakterli xususiyatlarini yaxshi bilib oladilar. Tabiat burchagida esa xonada o‘sadigan 5—6 ta o‘simlik bargining rangiga, tashqi tuzilishiga harab farqlashga o‘rganadilar. Bular yordamida bolalar o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi turli xil sharoitlar (namlik, tuproq unumdorligi, yorug‘lik) ga bog‘liq ekanligini yaxshi bilib oladilar.

Download 1.38 Mb.

Share with your friends:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page