Auditorlik tekshiruvi vaqtida ichki nazorat tizimini oʻrganish hamda baholash



Download 16.86 Kb.
Date03.04.2024
Size16.86 Kb.
#63981
07.Mustaqil ish talablari AUDIT 1
TBCAS1 Manual, 4-amaliy mashg\'ulot

7-MUSTAQIL ISH.
Mavzu: “Auditorlik tekshiruvi vaqtida ichki nazorat tizimini oʻrganish hamda baholash” mavzusi talabalar tomonidan oʻzgalarning fikrlari oʻrganiladi hamda audio yoki video yozuvlar shaklida materiallar taqdim etiladi.


Mustaqil ishning maqsadi: talabalar tomonida ushbu mustaqil ishni bajarishi orqali auditning professional standartlari, auditorlik standartlarining asosini tashkil etuvchi tamoyillar, auditorlik xulosasini shakllantirish jarayoni, auditorlik standartlari tarkibi etika haqida tushuncha, auditning axloq kodeksi va uning maqsadi, axloq kodeksining asosiy talablari, auditning axloq kodeksi tamoyillari, mustaqillik, vijdonlilik va maxfiylik, umuminsoniy axloq qoidalari va maʼnaviy meʼyorlarga rioya qilish, auditorning xolisligi va kasbiy vakolatliligi haqida tushuncha hosil qilishadi.
Mustaqil ish mazmuni: talabalar mavzu boʻyicha oʻzgalarning shu muammoga nisbatan fikrlarini 3-7 minut davomida oʻrganadi va audio yoki video yozuvlar shaklida taqdim etadi. Talabalar tayyorlagan materiallarini “Hemis” platformasiga joylashadi va oʻqituvchi tomonidan baholash platformada amalga oshiriladi.
Mustaqil ish bajarish uchun 10-15 kun muddat beriladi, toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 5 balni tashkil etadi.
Mustaqil ishga qoʻyilgan talablar:
1. Oʻtilgan mavzu boʻyicha maʼlumotlarni oʻrganish.
2. Respondentni (suhbatdoshini) toʻgʻri tanlash.
3. Beriladigan savolar algoritmini toʻgʻri tashkil etish, suhbatdoshining javobidan kelib chiqib savolar berishi va uni yoʻnaltirish.
4. Mavzu va mustaqil ish mazmuning muvofiq boʻlishi lozim.
5. Mavzuni yoritishda qisqa loʻnda javoblar olish, izohlanish.
6. Vaqt reglamentiga rioya etish;
7. Ikkilamchi fon, tashqi koʻrinish va mulozamat elementlari hisobga olish.
8. Mavzuni yoritishda originallik va noanʼanaviy yondashuv ragʻbatlantiriladi.
9. Mustaqil ishni oʻz vaqtida topshirish.
Mustaqil ishni baholash mezonlari:
- Bajarilgan mustaqil ish materiallarining mavzuga muvofiqligi;
- Respondentni (suhbatdoshini) toʻgʻri tanlanganligi;
- Ikkilamchi fon, tashqi koʻrinish va mulozamat elementlarining mavjudligi;
- Javobning toʻliqligi va rasmiylashtirish uslubi, vaqt reglamentiga rioya etish;
- Originallik va noanʼanaviy yondashuv;
- Masala boʻyicha javoblarni ixchamligi;
- Javoblarda tizimli va mantiqiy yondashuvning mavjudligi, ayniqsa muhim maʼlumotlarni ajratib koʻrsatish;
Mustaqil ishni bajarish uchun berilgan savollardan namunalar:



  1. Ichki nazorat tizimi deganda nima tushunasiz?

  2. Buxgalteriya hisobi tizimi deganda nima tushunasiz?

  3. Auditorlik tekshiruvida ichki nazorat tizimini ahamiyati nimalardan iborat?

  4. Korxonalarda INT va BXT elementlari nimalardan iborat?

  5. Auditor korxona ichki nazorat tizimini qanday baholaydi?

  6. Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini qanday oʻrganish mumkin?

  7. Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini oʻrganish qanday amalga oshiriladi?

  8. Korxona buxgalteriyasining tashkiliy tuzilmasi, tashkiliy tuzilmada koʻrsatilgan har bir xodimning vazifalari va masʼuliyatlarining bayoni qanday oʻrganiladi?

  9. Hisob siklining muhim uchastkalari boʻyicha hujjatlar aylanish reja- grafigini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  10. Tashqi auditorlar uchun ichki nazoratning ahamiyati toʻgʻrisida nima bilasiz?

  11. Korxonaning ichki nazorati qanday tashkil etiladi?

  12. Ichki nazorat tizimi elementlari qanday boʻladi?

  13. Ichki nazoratning elementlari va prinsiplari qanday amalga oshiriladi?

  14. Korxona hisob siyosatini oʻrganish qanday amalga oshiriladi?

  15. Ichki nazorat tizimini oʻrganish qanday amalga oshiriladi?

  16. Nazorat muhiti deganda nimalarni tushunasiz?

  17. Nazorat amallari deganda nimalarni tushunasiz?

Download 16.86 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page