Baholash ishi va investitsiyalar


Tahlil qilishda qo'llaniladigan yondashuv va



Download 1.76 Mb.
Page30/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
2. Tahlil qilishda qo'llaniladigan yondashuv va
usullar tizimi

Tizimli tahlil va prognozlashtirishda qo'llaniladigan matematik apparat turli murakkab tadqiqot usullari va ularda qo'llaniladigan ko'rsatkichlar (indikatorlar) tizimini o'z ichiga oladi. Bunda tadqiqot usullari va ko'rsatkichlarni tanlash va kombinactsiyalash tadqiqotchining bilimi va amaliy tajribasi bilan belgilanadi.


Hozirda qo'llaniladigan barcha tadqiqot usullarini shartli ravishda uchta yirik guruhga ajratish mumkin tadqiqotchining bilim va intuitsiyasiga asoslangan usullar; tadqiqot ob'yektini formallashtirish shaklida ifodalashga asoslangan usullar (masalan, matematik modellashtirish va h.k.); kombinatsiyalashtirilgan usullar; ihtisoslashgan usullar. Bu usullarning barchasi hozirda mavjud bo'lgan tegishli adabiyotlarda keng va yetarlicha yoritilgan.
Tizimli masalalarini yechishda, matematik modellar va usullarni qo'llash muhim ahamiyatga ega. Chunki, ular tizimli tahlil va sintez masalalari doirasida omillar va voqeliklarni
Tizimli masalalarda tizimli tadqiqot (tahlil va sintez) ierarhiyasining har bir meta, makro, meza, mikro va nano pog’onasida matematik modellashtirish va prognozlashtirishning asosiy qoidalari shakllantirilib, zaruriy matematik apparat tanlanadi va u rivojlantiriladi. Namunaviy matematik modellar (MM) tuziladi (ularni tuzish va formallashgan holda tahlil qilish usullari beriladi).
Bunda funktsional va tuzilmaviy modellar qo'llaniladi.
Funkcional modellar tadqiqot ob'yektining faoliyat yuritishi (funkciyalar bajarishi) jarayonlaridagi qonuniyatlarni ifodalaydi. Bunday MM ob'yekt faoliyati (funktsiyasi) jaryonlari qonuniyatlarini ifodalovchi tenglamalar sistemasi shaklida beriladi.
Tuzilmaviy modellar tadqiqot ob'yektining tuzilmasi xossalarini ifodalaydi. Bunday MM ob'yekt tuzilmasi (unga kiruvchi tizim, quyi tizim, unsurlar va ular orasidagi aloqalar) ni ifodalovchi tenglamalar sistemasi shaklida beriladi. Bunda MM tuzish uchun quyidagi vositalar qo'llanilishi mumkin: turli xil sxemalar, graflar, matricalar (masalan, incidentsiyalar va turdoshlik, ro'yhatlar), graf-algoritmlar va h.k.
Odatda, amaliyotda funktsional modellar tuzilmaviy modellardan keyin qo'llaniladi. Funktsional modellarni nazariy va eksperimental yo'l bilan tuzish mumkin.
MMlar yuqorida aytilgan ierarhik pog’onalar bo'yicha qurilishi mumkin. Bunda har bir pog’onada unga mos «tizim» va «unsur» tushunchalari ishlatiladi. Masalan, n-chi pog’onadagi tizim undan yuqoridagi (n-1)-chi abstrakt pog’ona unsuri deb qaraladi. Bunday yondashuv ob'yekt tuzilmasi ichida bir nechta bloklarni hamda ular ichidagi unsurlar va bloklar orasidagi aloqalarni kompleks tarzda tegishli pog’onaviy MMlar majmuasi va ular o'rtasidagi aloqalar asosida tadqiq qilish imkonini beradi.
MMlar turli shakllarda ifodalanishi mumkin, masalan: invariant, algoritmik (imitatsion, simulyativ), analitik, shematik (grafik).
MMlar tuzilishida ularga adekvatlilik, tejamlilik, universallilik talablari qo'yiladi.
MMlarda turli hil optimizatsion matematik usullar qo'llaniladi. Ularni tanlash uchun quyidagi tasniflash belgilarini keltirish o'rinli.
Optimallik belgisi bo'yicha matematik usullar (MU)ni ikkita guruhga - optimizatsion (mezonga asoslangan) va nooptimizatsion (mezonsiz) -ajratish mumkin.
Masala yechimining aniqligi belgisi bo'yicha MUlarni aniq va unga yaqin bo'lgan hisoblashlarga asoslangan ikkita guruhga ajratish mumkin.
Ikki belgi asosida barcha optimizatsion MUlarni to'rtta guruhga - aniq va yaqinlashgan optimizatsion hamda aniq va yaqinlashgan nooptimizatsion usullarga - ajratish mumkin. Masalan, aniq optimizatsion usullar qatoriga optimal jarayonlar nazariyasi, matematik programmalashtirish (dasturlashtirish)ning ba'zi usullari va operatsiyalarni tadqiq etish usullarini kiritish mumkin, yaqinlashgan optimizatsion usullarga esa ushbu usullarning boshqa alohida turlari hamda kibernetik, ekstremal eksperimentlarni rejalashtirish va evristik usullar kiradi. Nooptimizatsion aniq usullarga elementar matematika, matematik tahlil va ekonometrik usullar kiradi. Yaqinlashga noopti-mizacion usullarga esa statistik sinovlar va matematik statistikaning boshqa usullari kiradi. Optimizatsiya masalalari bir va ko'p mezon (kriteriy)li bo'lishi mumkin.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, balansli va omilli (faktorli) usullar ham muhim o'ringa ega. Balansli usullar - tuzilma, proportsiya va nisbatlarni tahlil qilish usullari. Omilli usul o'z ichiga iqtisodiy va moliyaviy tahlil hamda stohastik faktorli tahlil usullarini oladi.
Modellashtirish maqsadida faol va passiv (faol emas) eksperimentlar qo'llaniladi. Bunda korrelyatsion-regression usullar qo'llanilishi mumkin.
Diagnostik tahlil qilishning hozirgacha mavjud bo'lgan usullarini to'rtta yirik guruhga ajratish mumkin:
1) faktorli tahlil usullari;
2) ekspert baholash usullari;
3) aralash usullar;
4) matematik usullar.
MBni tahlil qilishda uchta yirik yondashuv qo'llaniladi: ihtisoslashgan, faktorli (omilli), riskli.
Birinchi yondashuv 2.4-ma'ruzada keltirilgan omillar ta'sirini namoyon qiluvchi tahlilning turli pog’onalarida qo'llaniluvchi indikatorlar dinamikasi bo'yicha baholashni nazarda tutadi.
Mazkur yondashuv tahlil va hisob-kitoblarning nisbatan oddiyligi bilan ajralib turadi. Bu yondashuv universal sanalib, undan turli pog’onadagi ho'jalik tizimlari innovatsion muhitini tadqiq etishda foydalanish mumkin.
Omilli yondashuv. Ushbu yondashuv mazmunan bir-biriga yaqin bo'lgan va omillar deb ataladigan ko'rsatkichlar yig’indisidan tarkib topadigan yiriklashtirilgan guruhlar tuzishdan iborat. Bundagi tahlil ishlari har bir alohida ko'rsatkich bilan emas, balki ob'yektga ta'sir ko'rsatuvchi omil (faktor) - yiriklashtirilgan guruh - bilan olib boriladi. Ularning orasiga 2.4-ma'ruzada keltirilgan omillar kiradi.
Bunda turli pog’onadagi tadqiqot ob'yektlarini baholashdagi omilli yondashuvda barcha omillar bo'yicha o'rtacha vaznlashtirilgan baholar yig’indisi umumiy ko'rsatkich bo'lib hizmat qiladi.
Riskli yondashuv. Uning tarafdorlari tadqiqot ob'yektining tarkibiy qismlari sifatida ikkita asosiy variantni - ob'yekt salohiyati va risklarini - ko'rib chiqadilar.
Yuqorida bayon qilingan uchta yondashuvni umumlashtirgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, barcha uslubiyatlarda yoki ball baholari, asosan ekspertlar baholari yoki omillarning statistik ball baholari foydalaniladi.
Ekspert baholari, qoidaga ko'ra, sub'yektiv sanaladi, chunki ekspert kamdan-kam hollarda eng yuqori yoki eng quyi baholar qo'yadi. Ekspert baholarining afzalligi ularning soddaligi, shuningdek, ekspert nomuntazam, sof sifat xarakteriga ega bo'lgan bir marotabalik axborotdan ham foydalanishi mumkinligi hisoblanadi. Ekspert usullari orasida «aqliy hujum» usuli va «Delfi» usulini ajratib ko'rsatish mumkin.
Statistik ko'rsatkichlarni ball baholariga keltirishda biron-bir shkaladan foydalaniladi, u mintaqalar bo'yicha statistik ko'rsatkichlarning tabaqalashuv darajasini to'liq ma'noda aks ettira olmaydi. Albatta, yahshisi hatolik darajasi kamligi bilan ajralib turadigan amaliy statistika ma'lumotlaridan foydalanish ma'qul, biroq ayrim vaziyatlarda ekspertlar baholaridan foydalanishga ham to'g’ri keladi.
Umuman olganda, hozirda mavjud bo'lgan yondashuv va usullarning har biri tizimli tahlil va prognozlashtirish masalalari yechilishida o'ziga xos xususiyat va imkoniyatlarga hamda ijobiy va salbiy taraflarga ega.
MBning tahlil amaliyoti quyidagilarni ko'rsatadi:
- jahon globallashuvi sharoitida MBlari haddan tashqari tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda, bunda globallashuv jarayonlari va raqobatbardoshlilik talablari jadal ravishda ortib bormoqda;
- milliy MBlari turli omillar (ichki va tashqi) ta'siriga o'ta sezgir bo'lib, risk va krizislarga moyil bo'lgan holda tez o'zgarib bormoqda, bu sharoitlarda ularning egiluvchan moslashishi, raqobatbordoshlilik va barqarorlik darajalari inertsion harakterga ega;
- bozorlarda katta hajmdagi innovatsion mahsulotlar paydo bo'lib, turli oldindan prognoz qilinishi qiyin bo'lgan yangi jarayon va holatlarni keltirib chiqarmoqda;
- tahlil amaliyotining asosiy mezonlari ob'yektivlik, operativlik (tezkorlik), to'liqlik, chuqurlik va adekvat aniqlik bo'lgani uchun yuqorida keltirilgan usullar bu mezonlarning barchasini har doim ham kompleks ta'minlab bera olmayapti.
Bularning barchasi va boshqa vaqtinchalik idrok qilinishi murakkab bo'lgan omil va jarayonlar tahlil amaliyotining mavjud usullari uzluksiz takomillashuv jarayonida yoki ularning asosida yangilari paydo bo'lib kelmoqda.



Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page