bilimlar bellashuvi Musobaqa maqsadi:-O’quvchilarning matematika fanidan egallagan bilimlarini mustahkamlash;
-o’quvchilarni ilm-fan yutuqlaridan xabardor qilish;
-o’quvchilar qalbiga Vatanga sadoqat,do’stlik fazilatlarini singdirish;
-o’quvchilarni qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishga o’rgatish.
Musobaqa uslubi:guruhlararo bellashuv
Musobaqada sinfni bezatish: -Buyuk matematik allomalarning portretlari;
-Matematik musobaqaga oid devoriy gazetalar;
-Fanga oid adabiyotlar ko’rgazmasi
Musobaqaning borishi: Musoboqa o’tkaziladigan sinfga qatnashchilar ‘’Beruniy’’,’’Xorzmiy’’va’’Mirzo Ulug’bek’’ guruhiga bo’lingan holda kirib keladilar.
Boshlovchi:-Asrlar ortidan kelar asrlar,
Unut bo’lar o’tmish,zamon ko’p sirlar.
Ammo yaratilgan fan asoslarin
Asrdan-asrga eltar nasllar.
Eslatay Gaussning durdona so’zin,
Hisob-kitob ochmish aqllning ko’zin.
Matematika-fanlarning podshohidir,
Har ish-sohasida ko’rsatar o’zin,
Qunt bilan o’rganib bu buyuk fanni,
Shon-shuhratga o’rang,ona Vatanni.
Donolar donosi bo’lg’ay agar kim
Fanga bag’ishlasa jon birla tanni.
(Boshlovchi hakamlar hayrati a’zolarini tanishtiradi.Matematik musobaqa shartlarini o’qib eshittiradi.)
Musobaqa shartlari:1-shart:sardorlarni tanishtirish va guruhlar tabrigi.
2-shart:tezkor savol javob
3-shart:pantomime
4-shart:test savollari
5-shart:umumiy savol.
1-guruh-‘’Beruniy’’
2-guruh-‘’Al-Xorazmiy’’
3-guruh-‘’Mirzo Ulug’bek’’.
1-shartda guruh sardori o’zlarini tanishtirib,Beruniy,Xorazmiy,Mirzo Ulug’bek kabi matematik olimlar haqida qisqacha ma’lumot beradilar.1-shartdan so’ng guruhlar baholanadi.
2-shart-Tezkor savol-javob.Bunda har bir guruh a’zosiga 5tadan savol beriladi.
‘’Beruniy’’ guruhiga savollar: 1-o’quvchi: 1.Matematika atamasini fanga kim kiritgan?(Pifagor)
2.Eng kichik tub son qaysi?(2)
3.10 va 15 sonlarining EKUKI nimaga teng?(30)
4.Qaysi yunon olimi EKUBni toppish formulasini fanga olib kirgan?(Yevklid)
5.Eng kichik to’rt xonali butun son?(-9999)