Lotincha “argumentum” so`zidan olingan bo`lib, “asos”, “dalil” degan ma`nolarni anglatadi.
ARGUMENTLASH deganda muayyan bir fikrni isbotlash yoki rad etish jarayonini o`z ichiga olgan fikr yuritish jarayoni nazarda tutiladi.
ARGUMENTLASH
Asoslangan chin bilimlarni hosil qilish usuli hisoblanadi. Fikrlar chinligini asoslashning mantiqiy usullarini o`rganuvchi mantiq
fanining maxsus bo`limi argumentlash nazariyasi deyiladi.
ARGUMENTLASH deganda avvalo fikrning chinligini asoslash, dalillash nazarda tutiladi va bu mantiqda isbot tushunchasi orqali ifodalanadi.
Dalillash jarayonidafikrlashga nisbatan qo`yiladigan eng muhim talablardan biri, yetarli asosga ega bo`lishdir. Asosli fikr yuritish inson tafakkurining eng muhim xislati bo`lib hisoblanadi va mantiq qoidalariga bo`ysunadi.
Mantiq insonning aqlida mavjud bo`lgan tushunchalardan u hosil qilmoqchi bo`lgan tushunchalarga o`tish usullarini o`rganuvchi fandir.
(Ibn Sino).
Dalillashning hususiy ko‘rinishi mantiqiy isbotlashdir
Mantiqiy isbotlash deb, biror fikr, mulohazaning chinligini, chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa mulohazalar orqali asoslashga aytiladi. Isbotlashdan maqsad-biror fikrning chinligini aniqlash bo‘lsa, dalillashdan maqsad ham fikrning chinligini aniqlash, uning ahamiyatini va muayyan faoliyat uchun qo‘llash mumkinligini asoslashdir.
ARGUMENTLASH 2 usulda namoyon bo`ladi:
1 usul
Nazariyalar, ta`limotlar, ilmiy bilimlarga nisbatan, dalillash (asoslash), isbot va raddiya shaklida
2 usul
93
Kundalik hayot jarayonida fikrlar hayotiy faktlar orqali tasdiqlanadi yoki ularga shubha bildirish nazarda tutiladi.
Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Dalillash va isbotlash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
«FALSAFA» FANIDAN O`QUV – USLUBIY MAJMUA (2011 yil)