Diphthong and Hiatus in Spanish



Download 1.09 Mb.
Date29.03.2024
Size1.09 Mb.
#63963
Davlat xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq partali vacancy.argos.uz platformasi haqida

Davlat xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq partali vacancy.argos.uz platformasi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoniga muvofiq davlat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida (keyingi o‘rinlarda — elektron platforma) yuritish tartibini nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilansinki:

2023-yil 1-noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) inson resurslarini boshqarishga oid barcha ma’lumotlar va hujjatlar elektron platformada shakllantiriladi va yuritiladi (harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bundan mustasno);

davlat organlari elektron platformani joriy qilish va yuritish bo‘yicha sarf-xarajatlarni o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradi.

3. Quyidagilar:

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

“hrm.argos.uz” elektron platformasini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumot va hujjatlar elektron platforma orqali quyidagi elektron tizimlarga avtomatik tarzda yuboriladi:

davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari va ularga qo‘shimcha bitimlar, mehnat shartnomalarining bekor qilinishi hamda vakant ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga;

qabul qilingan ichki idoraviy hujjat (buyruq, qaror va farmoyish)larni ijroga qaratish uchun “edo.ijro.uz” axborot tizimiga;

xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar “UzASBO” dasturiy majmuasiga.

  • 5. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi 2023-yil 1-noyabrga qadar:
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda elektron platforma doirasida Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq (vacancy.argos.uz) portalining yangi talqinini ishlab chiqish;
  • Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda elektron platformaga kiritilgan ma’lumotlar avtomatik tarzda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga yuborilishini ta’minlash uchun tizimlarni o‘zaro integratsiya qilish;

  • Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda davlat organlari xodimlarining ish haqini avtomatik tarzda hisoblashni ta’minlash uchun elektron platformani “UzASBO” dasturiy majmuasiga integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.

  • 6. Davlat organlari rahbarlari:
  • 2023-yil 1-oktabrga qadar davlat organlarining markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarini elektron platformaga ulash;
  • 2023-yil 1-dekabrga qadar davlat organlari elektron platformaga ulanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ — elektron platforma operatori bilan shartnomalar tuzish choralarini ko‘rsin.
  • Elektron platforma operatori va Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining o‘zaro kelishuviga asosan elektron platformaga ulanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma asosida kelib tushgan mablag‘larning bir qismi Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkazib berilishi mumkin.

  • 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hamda O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2023-yil 22-sentabr, 492-son.

Download 1.09 Mb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page