Tayanch so`z va iboralar: egilish, cterjenlarning egilishi, balka va tayanch bog'lanishlar, egilishdagi ichki zo'riqish kuchlari M, Q va q, balkadagi eguvchi moment, eguvchi moment, tekis egilish, sharnirli qo`zg`aluvchan tayanch, sharnirli qo`zg`almas tayanch, qistirib mahkamlangan tayanch.
Egilishga ishlaydigan elementlar qurilish konstruksiyalarida juda ko'p uchraydi. Asosan egilishga ishlaydigan sterjenlar balka deb ataladi. (12.1-rasm).
Kuchlarning quyilishi va brusning mahkamlanish usuliga qarab turli xil egilishlar bo'lishi mumkin.
Balkaning ko'ndalang kesim yuzasida faqat eguvchi moment bo'lib, qolgan ichki zo'riqishlar nolga teng bo'lgan egilishga sof egilish deyiladi.
Agar balkaning ko'ndalang kesim yuzalarida eguvchi momentdan tashqari ko'ndalang kuch ham paydo bo'lib bo'ylama kuch nolga teng bo'lsa, ko'ndalang egilish sodir bo'ladi.
Qurilishda ko'ndalang kesim yuzasi kamida bitta simmetriya o'qiga ega bo'lgan balkalar ko'p uchraydi. Agar balkaga ta'sir etuvchi barcha kuchlar shu jumladan reaksiya kuchlari ham simmetriya o'qi orqali o'tadigan tekislikda yotadi. Bunday egilish tekis egilish deyiladi.
Mazkur bobda asosan tekis egilish o'rganiladi.
Balka tayanch bog'lanishlarning turlari Balka nagruzkani qabul qilib, uni asosga uzatish uchun asosga tayanch bog'lanishlari bilan birlashtirilgan bo'lishi kerak. Amalda bir necha xil tayanch bog'lanishlardan yoki soddaroq qilib aytganda, bir necha xil tayanchlardan foydalaniladi. Tayanch reaksiyalari tayanchlarining tuzilishiga bog'liq bo'ladi. Tayanchlar uch xil bo'ladi:
1. Sharnirli qo'zg'almas tayanch (12.2-rasm). Bu tayanch balka qismning selendirlik sharnir o'qiga nisbatan erkin aylanishga imkon beradi, lekin vertikal va gorizontal ko'chishiga yo'l qo'ymaydi. Sxematik tarzda sharnirli-qo'zg'almas tayanch balka bilan sharnir vositasida tutashtirilgan ikkita sterjenga ko'rinishida tasvirlanadi. (b). Bunday tayanch reaksiyasining ikkita A va H tashkil etuvchilari paydo bo'ladi.
2. Sharnirli qo'zg'aluvchan tayanch. (12.3-rasm). Bu tayanch bitta yo'nalishda, masalan, gorizontal bo'yicha ko'chishga va sharnir atrofida tayanch ustidagi kesimning aylanishiga yo'l qo'yadi.Bundan tayanchning reaksiyasi A, tayanch bog'lanishi bo'ylab yoki g'ildirakning tayanch tekisligiga perpendikulyar ravishda yo'naladi.
3. Qistirib mahkamlangan tayanch. Bunday tayanch unga tutashgan bilka kesimining ikkala yo'nalishda ham qo'shimcha yo'l qo'ymaydi.(12.4-rasm).
Qistirib mahkamlangan tayanchdagi reaksiya kuchlar vertikal A, gorizantal H kuchlardan va reaktiv moment M dan tashkil topadi.
Bir necha Bruslardan tashkil topgan murakkab hisoblashda muvozanat tenglamalarini butun sistema uchun ham har bir brus uchun tuzish mumkin.
Muvozanat tenglamalari soni barcha tayanch reaksiyalarini topish uchun etarli bo'lgan sistemalar