2.3. Ishni bajarish tartibi. To‘kiladigan jinslarning granulometrik tarkibini aniqlash uchun ularni qog‘oz ustiga sepib obdon qurishlari uchun 1-2 sutka qo‘yib qo‘yiladi. 0,001 g aniqlikkacha tortilgan namuna 100% deb qabul qilinadi va ular teshiklari tegishli o‘lchamlarda bo‘lgan standart g‘alvirlar (elaklar) to‘plamidan navbatma-navbat ekab o‘tkaziladi. Har bir elakda qolgan qoldiqlar chinni idishlarga to‘kilib alohida tortiladi. Granulometrik tahlil natijasi 1% gacha aniqlikda foizlarda ifodalanadi, zarrachalar 5 dan 2 mm.gacha, 2 dan - 1 mm.gacha, 1 dan 0,5 mm.gacha va 0,5 mm.dan kichik.
Parchalangan jinslarning donadorli tarkibini g‘alvirli tahlil orqali ham aniqlash mumkin.
Bo‘laklarining o‘lchami har xil bo‘lgan 2,5-3 kg - parchalangan jins olinadi, texnik torozilarda 1 gramm gacha bo‘lgan aniqlikda tortilib - 100% deb qabul qilinadi. Standart g‘alvirlar to‘plami orqali elanadi. Har bir g‘alvirlar o‘tgan fraksiya alohida to‘kiladi va 0,1 g. gacha aniqlikda tortiladi. Alohida fraksiyalar og‘irligini bo‘shoqlangan jinsning umumiy og‘irligiga bo‘lish orqali har bir fraksiyaning foizlarda ifodalanishi topiladi:
bu yerda Wd - ma’lum o‘lchamdagi fraksiyaning foizlardagi miqdari, %; Gd - ma’lum o‘lchamdagi fraksiya og‘irligi, g; G - bo‘shoqlangan jinsning umumiy og‘irligi.
Bo‘shoqlangan jinsning donadorli tarkibini aniqlash natjalari 2.1-jadvalda keltiriladi.
2.1-jadval
Olingan natijalar ma’lumotlari bo‘yicha bo‘shoqlangan jinsning donadorli tarkibi grafigi tuziladi. Absissa o‘qi bo‘yicha zarrachalar diametri (mm) qo‘yiladi, ordinata o‘qi bo‘yicha esa - har bir fraksiyaning foizlardagi miqdori qo‘yiladi. Donadorli tarkibiga bog‘liq holda tog‘ jinslari turlicha nomlanadi. Tarkibida og‘irligi bo‘yicha kamida 30% gilli zarrachalar bo‘lgan jinslar - gillar deyiladi, 30-10% - supeslar, 3% dan kam va o‘lchamlari 0,1 dan 2 mm gacha bo‘lsa - qumlar deyiladi. Qumlar quyidagicha bo‘ladi: changsimon, zarrachalarining o‘lchami 0,05 dan 0,1 mm. gacha; mayda - 0,1 dan 0,25 mm. gacha; o‘rtacha - 0,5 dan 1 mm.gacha va yirik - 1 dan 2 mm.gacha.
Graviy jinslar - bu tarkibida o‘lchamlari 2 mm.dan katta (5 mm.gacha) bo’lgan 50% dan ortiq zarrachalar bo‘lgan jinslardir, zarrachalar o‘lchami 10-20 mm. dan katta bo‘lgan (200 mm.gacha) zarrachalar bo‘lgan jinslardir, xarsantoshlar esa - 200 mm.dan katta o‘lchamli zarrachalardan tashkil topgan jinslardir.