Lichinkali xordalilat kenja tiplari Reja:
1.Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Assidiyaning tashqi va ichki tuzilishi.
2 .Lichinka xordalilarning sistematikasi.
3. Lichinka xordalilarning haqiqiy xordali hayvon ekanligining isbotlovchi dalillar.
Mavzuga oid tayanch so’zlar va iboralar: endoderma, mezoderma, tuban xordalilar, gastrula, gastropor, belateral, nevrotsel. tunika, sifon, stigma, endostil, germofradit, gangliy, nevrotsel, mantiya, stolon, xorda zooidlar, metagenez, gastrozooidlar, forozooidlar.
Lichinka xordalilarning kelib chiqishi
Kelib chiqishi to’liq yoritib berilmagan. Xordalilarga xos belgilari mavjud, lichinka xordalilar rivojlanishi va filogeniyasi rus olimlari A.O. Kovalevskiy va A.N.Severtsovlar o’rganishgan. Ularning rivojlanishi xuddi lantsetnikka o’xshash taraqqiy etishi aniqlangan. Erkin suzub yuruvchi lichinka xordalilarga xos belgilar ya’ni nerv sistemasining joylashgan bo’lishi, xorda va sigmentlarga bo’lingan muskullarning borligi aniq ko’rinib turadi. O’troq hayotga o’tishi munosabati bilan gavda soddalashgan ya’ni nerv sistemasi, sezgi organlari, xordasi va muskullari yo’qolib regressiyaga uchragan
Progress: qobig’i qalinlashgan jabra apparati yaxshi rivojlangan, ko’payishi nafaqat jinsiy kurtaklanib ko’payishga o’tgan.
Assidiyalar sistematikasi
Sinfga 1000 dan ortiq tur,100 ga yaqin urug’ va 3 turkum:
1) Yakka astsidiyalar
2) Murakkab astsidiyalar
3) Olovli astsidiyalar kiradi.
Yakka assidiyalar turkumi: 2-3 mm dan 40-50 sm gacha uzunlikda bo’ladi. Masalan : xarakatchan astsidiyalar (sharsimon) ular suv tubi bo’ylab xarakatlanadi.
Murakkab assidiyalar turumi: kolonialsh kurtakdan rivojlangan assidiyalar ona assidiyalar bilan tutushgan bo’ladi.
Bunday assidiyalar bir nechtasi tashqaridan umumiy parda bilan o’ralib, umumiy bitti kloaka bo’ladi.
Murakkab assidiyalarda urug’lanish kalonialar orasida sodir bo’ladi. Chunki ona koloniya bilan qiz koloniya orasida bo’ladi.