Atmosferada quyosh spiktrini yutilishi quyosh spiktrining standa-fayllar.org
Mavzu: Atmosferada quyosh spektrini yutilishi quyosh spiktrining standartlari.
Reja:
1. Quyoshning spektri, temperaturasi, tarkibi va yadrosi
2. Quyosh radiasiyasini, ya’ni quyoshdan kelayotgan nur energiyasi
3. Quyoshning spektrini o’simlikllarga tasri
Quyoshning spektri, temperaturasi, tarkibi va yadrosi O‘zidan nur chiqarayotgan har qanday jism va undan taralayotgan nurlanish o‘tayotgan muhitning tabiatiga ko‘ra, manbaning spektri tutash, yutilish va nurlanish (emission) spektrlari ko‘rinishida bo‘ladi. Cho‘g‘langan jismning prizma yoki diffraksion panjara yordamida hosil qilingan spektri tutash spektrni beradi. Agar cho‘g‘langan jismdan kelayotgan nurlar yo‘liga ma’lum bir gaz sham tutilsa, u holda tutash spektri fonida sham gazini tashkil qilgan atomlarning yutilish (fraungofer) chiziqlari paydo bo‘ladi. Birinchi marta 1814 yili bu chiziqlar tabiatini tushuntirgan fizik Fraungofer sharafi eslatilgan chiziqlar uning nomi bilan yuritiladi.
Quyosh yerdagi hayot manbai hisoblanadi va barcha o‘simliklar dunyosi quyosh radiatsiyasidan quvvat oladi. Quyosh radiasiyasini, ya’ni quyoshdan kelayotgan nur energiyasi biosferaning mavjudligida, iqlimning shakllanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Quyosh radiasiyasi ta’sirida juda ko’p miqdorda suv, suv omborlaridan, dengizlardan, okeanlardan bug’lanib, yog’ingarchilik hosil qiladi va o‘simliklar rivojini ta’minlaydi.Asosiy qism: Respublikamiz quyoshli mamlakat hisoblanib, Yer sirtiga tushadigan radiatsiya mikdori 1000 Vt/m2 ga yetadigan kunlar mavjud (quyosh tikkaga kelganda) va bulutsiz kunlarda Respublikamiz hududlarida yiliga 270-320 kun kuyoshli kunlar xisoblanadi. Quyosh nurlanishi (radiatsiyasi) E0 to‘g‘ridan-to‘g‘ri va sochilgan qismlardan tashkil topadi.
Quyosh gardishidan chiqayotgan nurlarning bir qismi atmosferadan o’tayotganda havodagi gaz molekulalariga va aerozollarga tegib sochilib ketadi, bunday nurlarga sochilgan radiasiya deyiladi va D harfi bilan belgilanadi. Sochilgan radiasiyaning maksimum miqdori odatda to’g’ri radiasiya maksimumidan ancha kam, ammo 150-200 Vt/m2 ga yetishi mumkin. Quyosh balandligi qancha yuqori va atmosferaning ifloslanishi katta bo’lsa, sochilgan radiasiya oqimi shunchalik kuchli bo’ladi. Agar Yer qor bilan qoplangan bo’lsa, to’g’ri radiasiyani 70-90% qaytaradi, natijada sochilgan radiasiya ham oshadi. Sochilgan radiasiya quyosh chiqmasdan va botgandan keyin ham mavjud bo’ladi sochilgan radiasiya yozda maksimal qiymatga erishadi. To’g’ri va sochilgan radiasiya miqdorining yig’indisiga umumiy radiasiya deyiladi va Q harfi bilan belgilanadi. Q=S' + D
Quyosh va Yer shari orasidagi masofa yil davomida o’zgarib turadi. Yerning quyoshga eng yaqinlashuvi esa 2-yanvarga to’g’ri keladi (oraliq masofa 147000000 km), eng uzoqlashuvi 5- iyulga (oraliq masofa 152000000 km) to’g’ri keladi. Shunday ekan atmosferaning yuqori chegarasidagi quyoshdan kelayotgan radiasiyaning miqdori oraliq masofaga bog’liq holda o’zgarib turadi. Quyosh va Yer shari orasidagi o’rtacha masofa 149500000 km ga teng, ana shunday masofada atmosferaning yuqori chegarasiga tushayotgan quyosh radiasiyasining miqdoriga quyosh doimiysi(miqdoriS0=1366 Vt/m2 ga teng)deyiladi . Atmosferaning yuqori chegarasida quyoshdan kelayotgan jami nurlarning 46%i ko’rinadigan, 47% i infraqizil nurlarga va 7% ultrabinafsha nurlarga to’g’ri keladi. Yer yuzasigacha ko’rinadigan va infraqizil nurlar to’liq yetib keladi. Ko’rinadigan nurlar tabiiy yoritilganlikni hosil qiladi.
O‘zidan nur chiqarayotgan har qanday jism va undan taralayotgan nurlanish o‘tayotgan muhitning tabiatiga ko‘ra, manbaning spektri tutash, yutilish va nurlanish (emission) spektrlari ko‘rinishida bo‘ladi. Cho‘g‘langan jismning prizma yoki diffraksion panjara yordamida hosil qilingan spektri tutash spektrni beradi. Agar cho‘g‘langan jismdan kelayotgan nurlar yo‘liga ma’lum bir gaz sham tutilsa, u holda tutash spektri fonida sham gazini tashkil qilgan atomlarning yutilish (fraungofer) chiziqlari paydo bo‘ladi. Birinchi marta 1814 yili bu chiziqlar tabiatini tushuntirgan fizik Fraungofer sharafi eslatilgan chiziqlar uning nomi bilan yuritiladi.
Shamning o‘zi alohida hosil qilgan spektri esa, tutash spektrdan xoli bo‘lib, birinchi holda yutilish spektri chiziqlari hosil bo‘lgan joylarda paydo bo‘lgan nurlanish (yorug‘) spektral chiziqlaridan tashkil topadi.
Quyoshning spektri yutilish spektridan iborat bo‘lib, uning ko‘rinadigan zonasi dan gacha bo‘lgan intervalni o‘z ichiga oladi. Bu intervalda, vodorodning Balmer seriyasidagi chiziqlari, ionlashgan va neytral kalsiy, temir, marganets, magniy, titan va boshqa metall atomlarining chiziqlari keng tarqalgandir. Quyosh spektrida ionlashgan kalsiyning N va K deb nomlangan chiziqlari (to‘lqin uzunliklari va ), vodorodning N va N natriyning D1 va D2 chiziqlari eng intensiv hisoblanadi. Quyosh spektrida Yer atmosferasidagi gaz malekulalarining, xususan suv bug‘lari, azot va kislorod molekulalarining ham chiziqlari hosil bo‘ladi. Bu chiziqlarni beruvchi gaz malekulalari fotosferaga aloqador bo‘lmaganligi sababli, fotosferaning fizik tabiatini Quyoshning spektral chiziqlariga asosida o‘rganishda, Yer atmosferasinig eslatilgan chiziqlariga tayaniladi.