Uzatuvch i o‘lchovch i o‘zgartirgich Uzatuvchi o‘lchovchi o‘zgartirgich deb o‘lchash
signalini masofadan uzatish uchun qo‘llaniladigan (qurilma)
elementga aytiladi. Uzatuvchi o‘zgartirgichga har xil elektrik yoki
pnevmatik o‘zgartirgichlar difmanometr-rasxodomerlarga o‘rna-
tilgan o‘zgartirgichlarni misol qilish mumkin. Misol uchun, ular
yordamida difmanometrning membranasiga ulangan differensial
transformatorning o‘zagi holatining o ‘zgarishi membrananing
o‘zgarishini chiquvchi unifikatsiyalangan o‘zgarmas tokka 0—5 mA
gacha aylantirib beradi. Masalan, elektrik o‘zgartirgichlar yoki
masofadan o‘lchovchi m a’lumotni uzatish uchun difmanometr
garmonli silfonini chiquvchi unifikatsiyalashgan signalga aylan-
tirish mumkin (0,02—0,1 MP.gacha — pnevmatik o‘tkazgich).
Asbobsozlik sanoatida o‘z ichiga birlamchi, oraliqli va uzatuvchi
funksiyalarini jamlagan turli o ‘zgartirgichlar ishlab chiqiladi.
Shunday qilib, shkalasiz m anom etrlar va difm anom etrlar
o‘lchanayotgan qiymatlarni masofadan uzatish uchun o‘zgar-
tirgichlar bilan qurilmoqda. U asboblar o‘zida oraliq va uzatuvchi
o‘zgartirgichlar funksiyalarini bajaruvchi elementlardan tashkil
topgan. U ndan tashqari, bir xil elementlar har xil o‘lchovli
sxemalarda turli o‘zgartirgich funksiyasini bajarib kelishi mumkin.
Agar o‘lchovchi zanjir o‘zgartirgich-termoelektrik element aloqa
chizig‘i millivoltmetr b o ‘lsa, unda termoelektrik o ‘zgartirgich
birlamchi oraliq-o‘zgartirgich va uzatuvchi funksiyalar vazifalarini
bajaradi. Agar ikkilamchi asbob sifatida kirish signali 0,5 mA bo‘lgan
unifikatsiyalangan potensiometr ishlatilsa, u holda signal termo-
elekrik o ‘zgartirgichdan o‘lchanayotgan qiymatni millivoltdan
o‘zgarmas tokni milliamperga o‘zgaruvchi o‘zgartirgichga beradi.
Ushbu holda termoelektrik element birlamchi o‘zgartirgich
vazifasini bajaradi. Birlamchi o‘zgartiruvchi qurilmalarga tanlovchi
va qabul qiluvchi qurilmalar kiradi. Tanlovchi va qabul qiluvchi
qurilm alarni shunday qurilm a deb tush u n ish kerakki, bu
qurilmalar texnologik apparatlar va quvurli o‘tkazgichlarga nazorat
qilinayotgan muhitini va uni o‘lchovchi parametrlarini o‘lchaydigan
qurilmalar o‘rnatiladi. Misol uchun, shunday qurilmalarga appa-
ratdagi yoki turboo‘tkazgichdagi bosimni tanlaydigan qo‘shimcha
yordamchi qurilmalar kiradi (ulovchi troyniklar, cho‘ntaklar va
kengaytiruvchilar).
Bu qurilm alar sxemalarda belgilanmaydi, lekin spetsifi-
katsiyaga qo‘shiladi va konstruktivlik chizmada mos holda ko‘r-
satilgan bo‘ladi.
Ayrim qabul qiluvchi qurilmalar o‘zining konstruksiyasi va
ishlash prinsiplari bo‘yicha to ‘g‘ridan to ‘g‘ri o‘lchash muhiti bilan
kontaktda bo‘lishini talab qilmaydi. Ularni o‘lchash sxemalarida
obyektga yaqin joyda tasvirlanadi.