3.Qurilishda ilmiy texnik taraqqiyotni bashoratlash va rejalashtirish
1.Qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri. Bugungi kunda iqtisodiyot bozor munosabatlariga o’tayotgan bir paytda ushbu tendensiya asta sekinlik bilan rivojlanish bosqichiga o’tmoqda, tashabbus erkinligi va ijodkorlik davlatning maqsadga yo’naltirilgan ilmiy-texnik va investision siyosatlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish va ilmiy muassasalar keng miqyosdagi mustaqilligi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlaridagi ilmiy texnik taraqqiyotning su’atlari tezlashishiga asos bo’ladi.Uning umumiy iqtisodiyotdagi asosiy yo’nalishlari quyidagilar: ijtimoiy shuningdek ilmiy texnik taraqqiyotning rivojlanishning samarali qonuniyatlariga asoslangan yagona ilmiy texnik siyosatni ishlab chiqarish va uni amalga oshirish;
yangi g’oya, fikr va ilmiy texnik bog’lanishlar shakllanishi asosida yotuvchi inson omilini har tomonlama faollashtirishga qaratilgan ta’lim dasto’rini chuqur isloh qilish;
boshqarilishini tashkilotlar va ilmiy muassasalar hamkorligida olib borish.
Shuni ta’kidlash joizki ilgarigi markazlashtirilgan ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi tizimi qaysidir ma’noda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishini sekinlashtiradi va ilmiy texnika taraqqiyoti ahamiyatini kamaytiradi, lekin bu ilmiy texnik tashabbusning mavjud bo‘lmaganidan emas, balki xo‘jalik mexanizmining har qanday yangiliklarga nisbatan moyilligining juda pastligidandir.
Bugungi kunda iqtisodiyot bozor munosabatlariga o‘tayotgan bir paytda ushbu tendensiya asta sekinlik bilan rivojlanish bosqichiga o‘tmoqda, Tashabbus erkinligi va ijodkorlik davlatning maqsadga yo‘naltirilgan ilmiy-texnik va investitsion siyosatlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish va ilmiy muassasalarning keng miqyosdagi mustaqilligi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi ilmiy texnik taraqqiyotning o‘sish sur’atlari tezlashishiga asos bo‘ladi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning boshlang‘ich ishlab chiqarish bosqichi bo‘lib,turli ilmiy tadqiqot muassasalarida yuzaga keladigan ishlab chiqariladigan g‘oya,fikr va loyihalar hisoblanadi. Yaratiladigan texnika-texnologiya va boshqa yangiliklarni eksperiment va sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish tarmoqlari zimmasiga tushadi. Biroq o‘z mahsulotini ilmiy texnika yutuqlar asosida yaratayotgan va ishlab chiqarayotgan har qanday tashkilot yuqori ishlab chiqarish texnikasiga ega bo‘lishi, ya’ni zamonaviy tashkilot bo‘lishi kerak. Aynan shu ma’noda qurilish tarmog‘i ilmiy texnik taraqqiyotning sur’at va miqyoslariga texnik jihatdan yangi asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirish yo‘li bilan katta ta’sir o‘tkazadi. Boshqacha qilib aytganda ilmiy texnika taraqqiyoti xalq xo‘jaligida bevosita kapital qurilish natijalari bilan bog‘liq. Fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari asosida tashkilot va boshqa ob’yektlarni loyihalashtirishning asosiy omillaridan biri va kapital qurilish samaradorligini oshirishning negizi bo‘lib hisoblanadi.