TILXAT Men _______________________________ O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini tashkil etish bilan bog`liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi nizomning 41 bandi (Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foiini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo`yicha tegishli kreditlarni o`zlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo`yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talabalar ta`til vaqtida yoki keying semestrlar mobaynida tegishli fanlardan o`zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to`lov- kontrak miqdoridan kelib chiqqan holda to`lovni amalaga oshirgandan so`ng o`zlashtirmagan fanlarni o`z hisobidan qayta o`qish huquqiga ega bo`ladi) bilan tanishib chiqdim.
Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashining 2023 yil 20-apreldagi navbatdan tashqari kengashida Bakalavriat (kunduzgi, kechki) ta`lim yo`nalishlari talabalarining 2022/2023 o`quv yili kuzgi semestr yakuniy nazorat natijalari to`g`risida masala ko`rilgan.
Ushbu kengash qarorining 4.3 bandida “O`z hisobidan qayta o`qish istagini bildirgan 1-2-3-kurs bakalavriat ta`lim yo`nalishi va 1-2-kurs magistratura mutaxasisliklari talabalari uchun tuzilgan qo`shimcha shartnoma to`lov pulini to`lagandan so`ng darslarga kiritilishi qatiy belgilangan”. Men___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ fani(lari)dan jami _____kredit miqdoridagi shartnoma summasini yozgi semestrda o`qish uchun to`lash to`g`risida fakultet dekanati tomonidan ogohlantirildim.
Akademik qarzdorligim va 25% sababsiz dars qoldirganligim va yozgi semestrda o`qish uchun shartnoma summasini to`lsh to`g`risida ota-onamni xabardor qilganman To`lovni belgilangan muddatda amalga oshirolmasam o`quv jarayonini tartibga soluvchi meyoriy hujjatlar asosida chora ko`rishingizga roziman.
____________________________ __________________
Ism familiya imzo
Sana _____________________________ tel. ______________________