Burg‘ilash ilgaklari.
Tal bloklari bilan biriktiriladigan burg‘ilash ilgaklari alohida ilgaklar yoki ilgaklar ko‘rinishida tayyorlanadi. Ular burg‘ilash va himoyalash tizmalarini tushirish va ko‘tarish ishlarida shtrop yordamida elevatorga osish uchun, burg‘ilash jarayonida vertlyug bilan burg‘ilash tizmasini osish uchun, hamda burg‘ilash va montaj-demontaj ishlarida yuklarni ko‘tarish, tushirish va ko‘tarib yurish uchun xizmat qiladi. Konstruksiya bo‘yicha bir-, ikki-, va uch shoxli bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ikki- va bir shoxli ilgaklarni qo‘llanishdan chiqarilgan.
|
rasm. BU-125 burg‘ilash
qurilmasi ilgak bloki.
1-markaziy shoxi
2-yon shoxlar
3- 14-yukni himoyalovchi tutqich
4 -barmoq
5-ustun
6-korpus
7-egiluvchi o‘q
8-nakladka
9-yuz tarafi
10-o‘qdagi yo‘nalma
11-chayka
12-himoya kojuxi
13-qimirlatmaydigan moslama
|
Vertlyug
Vertlyug burg‘ilash tizmasi bilan tal tizimini oralig‘idagi qurilmadir. Burg‘ilash vaqtida burg‘ilash tizmasi (rotorli usulda burg‘ilashda) aylanadi yoki davriy ravishda buriladi (tub dvigateli bilan burg‘ilashda), tal tizimi quduq chuqurlashganda minora o‘qi bo‘ylab pastga harakatlanadi. Shu urinda vertlyug aylanuvchi, oldin-orqaga harakatlanuvchi burg‘ilash kalonnasini tal tizimi bilan bog‘laydi. Vertlyug yuvish aralashmasini burg‘ilash shlangidan burg‘ilash tizmasiga yo‘naltiradi.
Vertlyug ustuni – 1-chi burg‘ilash tizmasiga biriktirilgan va 5; 7 tayanchlar, 4; 6 podshepnik va 12-qopqoq 3-korpusga o‘rnatilgan.
Ustun tayanchlari vertlyugni korpusdagi holatini qayd qiladi va aylanishda mustahkamligini ta’minlab, uni tik va radial siljitishiga to‘sqinlik qiladi.
Yuvish aralashmasi burg‘ilash shlangi 10-chi, xaydovchi 13-chi va bosim quvuri 11-chi orqali burg‘ilash tizmasiga yuboriladi. Qo‘zg‘almas bosim quvuri va aylanuvchi vertlyug ustuni, tez yechiluvchi (olinuvchi) 9-chi zichlagich bilan ta’minlangan bo‘lib u korpusga yuvish aralashmasini tushishiga to‘sqinlik qiladi. 14-chi shtrop ya’ni vetlyug ilgakchaga osiladi.
Share with your friends: |