Pedagogika



Download 220 Kb.
Page8/9
Date27.01.2024
Size220 Kb.
#63365
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sevara matematika KURS ISHI tayyor
«Adashmayman » o‘yini
Bu oyinda bolalar doira shaklida tizilib turadilar. O‘qituvchi o‘yinda ishtiroq etayotgan o‘quvchilardan biriga yaqinlashib tegadi va signal bo‘yicha bola boshlaydi, 1… boshqalari esa hisoblashni 2, 3, 4, 5, 6 deb davom ettiradi va navbatdagi yitti sonining o‘rniga “Adashmayman” so‘zini aytadi navbatdagi o‘quvchi 8 keyingilari 9, 10 , 11, 12, 13 deb sanashni davom ettiradi. Bunda faqat 7ga bo‘linadigan sonlar o‘rniga navbatdagi bola “Adashmayman” so‘zini aytadi. Shunday qilib 70 gacha davom etadi. Hisoblashda adashgan bola (o‘quvchi ) doirada ( safdan ) chiqadi. Belgilangan vaqtgacha doirada qolgan o‘quvchilar yutgan hisoblanadi. “Adashmayman” so‘zini boshqa sonlar o‘rnida ham ishlatish mumkin. Bu esa o‘qituvchining qanday bo‘lish jadvalini mustahkamlashni nazarda to‘tishga bog‘liqdir.

Xulosa
Ushbu ishda boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining raqamlash metodikasini o‘zlashtirish faoliyatini shakllantirish bilan bog‘liq nazariy va amaliy tadqiqot natijasida “ raqamlash metodikasini o‘zlashtirish darajasi” tushunchasi mazmuni va uni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari aniqlandi, bu muammoni boshlang‘ich maktab o‘quvchilari matematik tayyorgarligiga nisbatan qo‘llash shart-sharoitlari belgilandi.
Boshlang‘ich maktab o‘quvchilari raqamlash metodikasini o‘zlashtirishning asosiy yo‘nalishi sifatida rag‘batlantirish; psixik jarayonlarni faollashtirish (qabul qilish, diqqat va hokazo); boshlang‘ich ta’limdayoq rivojlanuvchi ta’lim g‘oyalarini amalga oshira borib, o‘quvchilar fikrlash faoliyatini rag‘batlantirishga ko‘proq urg‘u berish belgilandi.
Boshlang‘ich maktab o‘quvchilari ta’limiga muammoli yondoshishni amalga oshirishning taklif etilayotgan uslublari, yo‘llari, shakli va vositalari dastur materiallari o‘quvchilarning sonlarni raqamlashni chuqur, mustahkam o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Ta’limga muammoli yondoshuv o‘quvchilarning raqamlash metodikasini o‘zlashtirishiga faolligini oshiradi, vazifalarni “o‘z” usullari bilan bajarishga, mustaqil ishni o‘z vaqtida ado etishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytiradi.



Download 220 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page