Ekranli suzish to’siq yuzasida cho’kma hosil bo’lish bilan sodir bo’ladi. Cho’kma qo’shimcha suziladigan qatlam hosil qilib gidravlik qarshilik kuchayishi natijasida suyuqlikning harakatiga qarshilik qiladi. To’siqning vazifasi zarrachalarni mexanik to’xtatishdan iborat. Bu guruhga membranali suzgichlar kiradi. Membranali yoki elakli suzishda hamma zarrachalar (ya’ni o’lchami suzgich g’ovaklaridan katta bo’lgan ) suzgich yuzasida o’tirib qoladi. Membrane suzgichlar polimer materiallardan ishlab chiqariladi.
Ftoroplast membranalar suyultirilgan va kontsentrik kislota va ishqor spirtlar, efir, yog’ va xloroformga chidamli bo’ladi. Neylon va poliamidlari kuchli ishqorlar va xloroformga chidamli. Poliamidlari ba’zi spirtlarga chidamli. Membrana suzgichlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar qaysi suyuqliklarni suzish mumkinligini pH ko’rsatkichini har bir suzgich uchun yozib ko’rsatiladi. Elaksimon suzishda setka tipidagi yadroviy yoki kapillyar g’ovakli membranalar ishlatiladi. Bu tipdagi membranalarni pishiq polimerlardan, polikarbonat, lavsan va hokazolar ishlab chiqariladi. Bularda suzish to’siqlarining qalinligi 5-10mkm ni tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda chet davlatlarning farmatsevtik sanoatida elak tipidagi membranalardan “nuklepore” va ”djelman” firmalariniki ishlatiladi, ular akrilonitril va vinilildenxlorid sopolimerlardan ishlab chiqariladi. Mikrog’ovakli membranalar 0.1 % gacha qattiq zarrachalar saqlaydigan eritmalarni tozalash uchun ishlatiladi. Membranalarning elakli effekti ularning tez ifloslanib to`lib qolishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun suzish uchun ayniqsa eniksion eritmalarni ikkala tipdagi suzgichlarni ham ishlatiladi. Ko`pincha bunday tozalsh usuli ohirgi bosqichda mayday zarrachalar va mikroorganizmlardan holos etish uchun ishlatiladi, suzuvchi element konstruktsiyasiga ko`ra diskli va patronli suzgichlar farqlanadi. Membrana qalinligi 50-120 mkm,g`ovak diametric 0.002 – 1mkm membranali suzgichlar bosim va vaakum ostida ishlashi mumkin. Mikro g`ovakli to`siqlarning asosiy ta`siri suzgich filtrlarining katta yuzasida mikroorganizmlarning adsorbtsiyasidir. Suzgichlarning adsorbsion hususiyati mikroorganizmlar turiga eritmadagi konsentratsiyasiga va suzish holatiga bog`liq bo`ladi.
Steril suzishdan oldin albatta inektsion eritmani chuqirsimon va membranali filtrlar yordamida tozalash lozim, bu yerda mexanik zarrachalar va ba`zi “katta” mikroorganizmlar ushlanib qoladi. Membranali filtrlarni materiallariga qarab g`ovakli to`siqning olinish usuliga qarab geometrik formasi va g`ovaksimon membrane qavatining strukturasiga qarab farqlanadi.
Olinish usuliga qarab membranalarni yadroli (mikromonomer pardalar) pardali eritma va palimerlardan kukunli va tolali turlariga tavsiflanadi.
1) tabiiy palimerlardan olingan membrana filtrlar. Ularni tseliloza efirlardan olinadi. Bu tipdagi membranalar uzun lenta shaklida bo`lib tekis, disk holiday chiqariladi. Kamchiligiga ularning spirtdan tashqari organing erituvchilarga chidamsizligi, termolyabilligi va sinuvchanligini ko`rsatish mumkin. Shuning bu membranalarni hozirgi vaqtda kam ishlatiladi
Xulosa Sintetik polimerli membranalarni potronli va qavatlangan suzgich olishda ishlatiladi, masalan, “Millipore” formasi polivinilidendiftoridli (gidrofob va gidrofil) membrana ishlab chiqaradi. Ularni suv, suvli eritmalar, organik eritmalarni suzish uchun ishlatiladi.
“PACE” firmasi ikki qatlamli polioliddan, poliamiddan tayyorlangan membranalarni ishlab chiqaradi, ular tabiiy elektro kinetic potensial hossaga ega bo`lib bu pH sharoitga bog`liq. Membrananing musbat zaryadi manfiy zaryadlangan zarrachalarni suziluvchi eritmadan yo`qolishga sabab bo`ladi. Bu mikroorganizmlarning, organik mikroqo`shilmalarning manfiy zaryadga ega bo`lganligi sababli suzilishga olib keladi. Suzish uchun politetraftoretilendan tayyorlangan suzgichlar ham ishlatiladi. Ular yuqori gidrofoblikka ega, lekin qimmat bo`lishi ularni ishlatilishini chegaralaydi. Bu guruhga yadroli membranalar kiradi. Bu membranalar Rossiyada eksperemental va nazariy fizika institute tomonidan va “NUKLEPORE” firmasi (AQSH) tomonidan ishlab chiqariladi.
Organink erituvchilarda tayyorlangan eritmalarni suzish uchun regeneratsiya qilingan tselilozadan tayyorlangan membranalar ishlatiladi. Ular organic muhitga chidamli.
2)Sintetik palimerli membrane suzgichlar. Bu tip suzgichlar ko`p ishlatilishiga sabab ularning mexanik chidamliligi, elastikligi, termochidamliligi, har-xil suyuqliklarga chidamliligi. Mikrosuzgichlar sintetik polimerlardan fazoinvers usuli va cho`zish usuli (g`ovaksiz polimer pardani har tomonga cho`zish) bilan olinadi.
Adabiyotlar :
1. Maxkamov S.M., Usubboyev M.U., Nuritdinov A.I. Tayyor dorilar texnologiyasi. Toshkent, 1994, 2. Chuyeshov V.I. Promishlennaya tehnologiya. Harkov, 1999, tom-1. 3. Kasatkin A.T . Osnovniye processi i apparati v himicheskoy promishlennosti. Moskva1971. 4. Farmasevtik tehnologiyani nazariy asoslari, Harkov, 2003.