O‘ZBEKITON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA‘LIMI VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
Nizomiy nomidagi TDPU
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori ____________B.S.Abdullayeva
“______” ________ 2024-yil
“Kelishilgan” Fizika-matematika fakulteti dekani
______________Gʻ.F.Djabbarov “_______”____________ .2024-yil
FIZIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI kafedrasi qoshidagi “UMUMIY FIZIKA III”
nomli ilmiy-uslubiy to’garakning NIZOMI TOSHKENT – 2024 NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI “FIZIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI QOSHIDAGI “UMUMIY FIZIKA III” NOMLI ILMIY-USLUBIY TO‘GARAGI NIZOMI
UMUMIY QOIDALAR
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Fizika matematika fakulteti “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi qoshidagi “UMUMIY FIZIKA III” to‘garagi (bundan buyon to‘garak deb yuritiladi) ixtiyoriy tuzilma hisoblanadi.
“UMUMIY FIZIKA III” kasbiy to‘garagi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, 2019 yil 19 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan: yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga oid 5 ta muhim tashabbus, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining huquqiy -meyoriy hujjatlari, “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy, ijodiy to‘garaklarning Nizomi” hamda mazkur Nizom asosida yuritadi. To‘garak uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, ta’limning rivojlantiruvchi vazifasini amalga oshirish bo‘yicha davlat va jamiyatning uzviy hamkorligida ishlab chiqilgan dasturlar va rejalar asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlash, jamiyatda munosib o‘rin egallashini kafolatlaydigan, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga yuqori malakali, mustaqil fikrlaydigan kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyat yurituvchi hamda ilmiy-ijodiy ishlarni maqsadli hamda tizimli asosda amalga oshiruvchi amaliy va ilmiy-uslubiy ijodiy uyushmasi hisoblanadi.
To‘garak TDPU Fizika matematika fakulteti “Fizika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi qoshida tashkil etiladi.