Rivojlanishning asosiy qonuniyatlari



Download 18.68 Kb.
Page2/2
Date22.01.2024
Size18.68 Kb.
#63286
1   2
Rivojlanishning asosiy qonuniyatlari
Tabiiy muhit bu insonni hayot tarziga va mehnat faoliyatiga ta'sir etadi (masalan, tropik muhit - uzoq shimol).
Oila muhiti. Xalqimizda "Qush uyasida ko’rganini qiladi" degan naql bekorga aytilmagan. Oilaning hayot tarzi undagi bola tarbiyasiga ijobiy ta'sir etadigan tarbiyaviy muhit uning kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bola kamolotida ijtimoiy muhit ham muhimdir. Chunki ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar kishiga alohida ta'sir qiladi… Inson kamolotiga ijtimoiy muhitning ta'siri turli tarixiy davrda turlicha bo’ladi, turli sotsial guruhlarga turlicha ta'sir etadi. Shuning uchun muhit inson taqdirini belgilab beradigan omil deb hisoblanmaydi. Ammo uning ta'siri ham rad etilmaydi.
4. Inson kamolotiga ta'sir etuvchi omillardan biri tarbiyadir. Tarbiyaning xususiyati shundaki, u aniq maqsadni ko’zlab, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish yo’lida tarbiyachi raxhbarligida muntazam amalga oshiriladi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va uning natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Bola layoqatini rivojlantirish va
qobiliyatga aylantirish va hayotga mos holda o’stirish uchun mehnatsevarlik va ishchanlik kerak. Mehnatsevarlik va ishchanlik esa maxsus uyushtirilgan tarbiya orqali amalga oshiriladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiiklarni o’zgartirib, shaxsni kamolga yetkazish mumkin (ko’rlar, karlar, gunglar). Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'siri ham yo’qotiladi. To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Shu tufayli u shaxsning kamolga yetishini tezlashtiruvchi rol o’ynaydi.
Xulosa, inson faqat faoliyatda rivojlanadi. Bola yoshligidan boshlab kattalar yordamida tashqi muhit bilan turli xil aloqada bo’ladi va bu aloqada faoliyat amalga oshiriladi. Bularning barchasi rivojlanish uchun manba hisoblanadi.
Umuman, pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Shunday qilib, inson taraqqiyotining ilmiy konsepsiyasi inson kamolotiga ta'sir etadigan omillarni tahlil etib, inson kamoloti va uning shaxsini shakllantirish yagona va bir butun jarayon ekanligini ta'kidlaydi. Bu jarayonda insonning faolligiga katta o’rin beriladi. U faolligi bilan o’z shaxsini shakllantiradi. Tarbiyachi tomonidan qo’yilgan maqsad aniq bo’lsa va bu maqsadga erishish uchun astoydil harakat qilinsa, kutilgan natijaga erishiladi.
Har qanday konsepsiyaning mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar nima?
Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida,birinchi asosni, bironbir konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi
dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik, tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o’ynaydi. Quyida bu tamoyillarni tahlil qilamiz. Umumiy aloqadorlik tamoyili. Rang-barang dunyoda har bir ob’ekt ko’p sonli xossalarga
ega bo’lib, ular boshqa ob’ektlar bilan o’zaro aloqa jarayonida namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga kirishish orqali namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, har bir ob’ekt o’zga ob’ektlar bilan qonuniy bog’lanadi va bu ob’ektlar bilan o’zaro ta’sirga kirishish jarayonida ishtirok etadi. Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki ob’ektning o’zaro aloqa jarayoni tushuniladi. Ob’ektlar
diskretlik, shakllanganlik va nisbatan mustaqillikdan mahrum bo’lgan joyda aloqalar mavjud bo’lishi mumkinmi? O’z-o’zidan ravshanki, shakllangan, nisbatan mustaqil narsalar mavjud
bo’lmagan joyda aloqa mavjudligini taxmin qilish ham mumkin emas. Shu sababli umumiy aloqa kategoriyasi «narsa», «uzluklilik», «uzluksizlik», «cheksizlik», «tuganmaslik» tushunchalari bilan
tavsiflanadi. Hozirgi ilmiy bilimga tayanuvchi borliqning falsafiy talqini olamning universal yaxlitligini, dunyoning birligini ochib beradi. Dialektika kategoriyalari borliqning universal aloqalarini bilish shakli hisoblanadi. Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida namoyon bo’ladi. Aloqalarni tasniflash turli asoslarga ko’ra amalga oshiriladi. Xususan, bir tomonlama va o’zaro aloqalar, to’g’ri va egri aloqalar, bevosita va bilvosita aloqalar, ichki va tashqi aloqalar farqlanadi.
Hajm jihatidan aloqalar umumiy, alohida va xususiy bo’lishi mumkin. Mazmun jihatidan genetik, funksional, strukturaviy, energetik, moddiy, informatsion va boshqa aloqalar farqlanadi.
Aloqalarning butun rang-barangligi fanning qaysidir bir tarmog’i doirasida tadqiq etilishi mumkin
emas. Ularning muayyan turlari maxsus fanlarning predmeti hisoblanadi. Dialektika borliqning barcha jarayonlariga xos bo’lgan umumiy, muhim, universal aloqalarni o’rganadi. Fan borliqning
universal qonunlarini tashkil etadigan ichki, zaruriy, muhim,barqaror, takrorlanuvchi aloqalarga alohida e’tibor beradi. Umumiy aloqalar dialektika kategoriyalarida yoritiladi. O’zaro aloqa. Real voqelikda har bir muayyan ob’ekt ko’p sonli sababiy zanjirlarning
murakkab «tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob’ektlardan ta’sirlanish bilan bir vaqtda o’zi ham ularga aks (reaktiv) ta’sir ko’rsatadi. «Tashqi» va «ichki» sababiy zanjirlar unda uyg’unlashadi,
kesishadi va tarmoqlanadi. Ular bir-biri bilan o’zaro aloqaga kirishadi va bu o’zaro aloqa ob’ektda yuz beruvchi barcha jarayonlarning negiziga aylanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.Karimov. “ Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. 1997 yil.
2. “Ta‘lim to‘g‘risida” gi Qonun. “ Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. 1997 yil.
3.“Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”.“Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. 1997 yil.
4. Sh. Qurbonov, E.Seytxalilov. “ Kadaralar tayyorlash Milliy modeli; XXI asrni ko‘zlab. “Xalq ta‘limi” jurnali. 1998 yil 4-son 21-29 betlar.
5. Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika nazariyasi. – T. Fan va texnologiya nashriyoti, 2008.
Download 18.68 Kb.

Share with your friends:
1   2




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page