Ta’lim jarayoni-yagona dinamik tizim sifatida.?


Axloqiy tarbiyani tashkil etish



Download 35.66 Kb.
Page5/6
Date24.02.2024
Size35.66 Kb.
#63658
1   2   3   4   5   6
1- topshiriq
A\'zamboy, 97137351-499b-46b2-8286-90745581affa
Axloqiy tarbiyani tashkil etish

Axloq nima o’zi? Axloq — ijtimoiy ong shakli bo’lib, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida insonning xulq — atvorini yo’lga solib turadigan talablar, normalar va qoidalardan iboratdir. Jamiyatningi jtimoiy — iqtisodiy sharoitlari, rivojlanishi bilan birgalikda axloq o’zgarib va rivojlanib boradi. Chunki jamiyatning rivojlanishi jarayonida odamlarning axloqli va axloqsizlik, yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik haqidagi tasavvurlari ham o’zgarib boradi, Abdulla Avloniy «Axloq insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdi.
O’quvchilarning axloqiy tarbiyasi maktabning yetakchi vazifalaridan biridir. Axloq tarbiyaning mohiyati o’quvchilarda axloqiy — ongni, odob tuyg’ularini; xulq — atvor ko’nikmalari va odobini shakllantirishdan iborat.
Shaxsning axloqiy kamoloti faoliyat jarayonida ro’y beradi. Chunki har qanday faoliyatning axloqiy jihati bo’ladi. Maktab o’quvchilari faoliyat jarayonida o’zlashtirilgan axloqiy normalar va talablar asosiga quriladigan va axloqiy prinsiplar bilan yo’lga solib turiladigan axloqiy muomalaga jalb qiladilar. Axloq bizning hayotimizga va ongimizga faol tasir etadi, kishilik jamiyati nomidan yaxshilik bilan yomonlik, adolat bilan adolatsizlik, mehr bilan zulm o’rtasidagi va insoniy munosabatlardagi maqbul va nomaqbul, man etilmaydigan va man etiladigan ishlarni, hatti — harakatlarni belgilab beradi. Huquq normalariga zid hatti — harakat axloqsizlik harakati deb qaralanadi. Shunisi ham borki, huquq majburiy bo’lsa. axloq ixtiyoriydir. Sharq mutafakkirlari axloqni ikkiga ajratishadi. Axloqli, axloqsiz, yaxshi yoki yomon axloqli singari. Axloqiy munosabatlar — bu jamiyatga, mehtatga, odamlarga va qolaversa, har bir kishining o’ziga munosabatidir.

  1. Integratsiyalashgan darslar

Integratsiyalashgan darslar – interaktiv ta’lim tizimi bo‘lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko‘rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o‘rganadi. Ko‘rgazmali ta’lim tizimi turli xildagi turlar, shakllar, usullar, obyektlar asosida qurilgan. Integratsion kursning maqsad va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta’lim tizimida tavsiflanadi. Bilimning integratsiyalashgan (ko‘rgazmali) tarmog‘ida integratsiyalashning usul va vositalari: ta’lim rejasidagi o‘qitish joyida vaqtning hajmiga qarab, shu kursni to‘la o‘zlashtrish vaqti o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi ko‘p maqsadli va rang-barangliligi bilan tavsiflanadi. Har bir o‘quv predmetini o‘qiyotgan paytda o‘quvchilarga to‘g‘ri keladigan psixik qo‘zg‘alish hosil qilishi, bu materialni o‘zlashtirilishiga katta yordam beradi, uni tez yodda saqlashga, emotsional anglashga, fikrlash qobiliyatining o‘sishi, nutq va tasavvurning rivojlanishiga olib keladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatining har xil turlarini shakllantirish integratsiyaning negizi hisoblanadi. Asosiy fanlarni o‘zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidag va predmetlararo aloqalarini o‘rnatish ta’limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunda turli darslar tushunchalariga ko‘p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib, tarkibiga shu o‘quv predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
Integratsiya- bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog‘liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda birbiriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integrasiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo bog‘liqlik asoslari tabiatni to‘la holda o‘quv darsliklarda ko‘rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo‘lgan.
Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi. U bolalarning arifmetikaga, yozishga, tabiat va ko‘pgina boshlang‘ich tushunchalarga o‘rgatadi. O‘z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko‘rish maqsadga muvofiq. Ta`limning keyingi pog‘onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Boshlang‘ich ta`lim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish kerak.


  1. Download 35.66 Kb.

    Share with your friends:
1   2   3   4   5   6




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page