Taqdimot tayyorlash Taqdimot tayyorlanishiga oid mezonlar 1. Taqdimot “Maktabgacha talim -tarbiyani tashkil etish” faniga tegishli bo‘lishi. 2. Taqdimot quyidagi berilgan mavzular ro‘yxat bo‘yicha tayyorlanishi. (hemis o‘quv platformasidagi talablar ro‘yxati bo‘yicha mavzular ro‘yxatiga mos kelishi lozim.) 3. Taqdimot mavzusi, rejasi, xulosasi, foydalanilgan adabiyotlari bo‘lishi lozim. 4. Taqdimot mavzu va rejasi bo‘yicha yoritilgan bo ‘lishi lozim. 5. Taqdimot tayyorlanishida zamonaviy yondashuv va jahon tajribalardan foydalanganligi. 6. Taqdimotda sxemalar, diagrammalar, jadvallardan foydalanganligi. 7. Taqdimot 12-15 ta slayddan iborat bo‘lishi lozim. 8. Siz tayyorlagan taqdimot o‘ziga xosligi bilan boshqa talabalarnikidan farq qilsin. (Ijodiy va kreativ yondashing) 9. Taqdimotning sifati.
Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 10. a) Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida to‘liq, yoritib bersa, 9-10 ball bilan baholanadi.
b) Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 2-3 ta kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 7-8 ball qo‘yiladi.
c) Agar mustaqil ishni to‘liq yoritishga harakat qilsa va unda 6-8 ta kamchiliklar bo‘lsa – 4-5 ball qo‘yiladi.
d) Agar talaba mustaqil ishda yaxshi o‘qimagan, bir necha kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa, yetarlicha tahlil qilolmagan bo‘lsa- 1-3ball qo‘yiladi.
e) Agar mustaqi ish mavzusi belgilangan tartibda yoritilmagan bo‘lsa yoki ushbu asarni o‘qimay tahlil etsa - 0 ball qo‘yiladi
Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo’natishingizni so’rayman.