TTA Termiz filiali “Tibbiy biologiya va gistologiya” kafedrasi assistentlari A.T.Ashurov, B.B.Xolbekov, H.S.Xudoynazarov, SH.S.Egamberdiyevalar tomondan 1-kurs Davolash ishi, Pediatriya, Stomatologiya Tibbiy profilaktika va Xalq tabobati yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun “Gistologiya, sitologiya va embriologiya” moduli asosida o‘zbek va rus tillarida tuzilgan ishchi o‘quv dasturiga T A Q R I Z Modulning ishchi o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasining 29.08.2023-yili 246-buyrug‘i bilan (buyruqning 2-ilovasi) tasdiqlangan “Gistologiya, sitologiya va embriologiya” modul dasturi asosida tayyorlangan.
Ishchi dastur yo‘nalishlari va bo‘limlari davolash ishi, pediatriya, stomatologiya, tibbiy profilaktika va xalq tabobati yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
“Gistologiya, sitologiya va embriologiya” moduli Sog‘liqni saqlash sohasida muhim nazariy va amaliy ahamyatga ega bo‘lib, umumiy gistologiya bo‘yicha hujayra va to‘qimalarning gistofiziologik tuzilishi, ahamyati va ularda kelib chiqadigan o‘zgarishlar sababli turli kasalliklarda normal gistologik tuzilishining o‘zgarishi bilan kechadigan jarayonlarni bilish, bu bo‘lajak shifokorlar uchun tashxis qo‘yishda muhim ahamyatga egadir.
Fan va texnika taraqqiyoti har bir sohada jadal kirib borayotgan davrda, talabalarga berilayotgan bilimlar ko‘lamiga bo‘lgan e’tibor ham tobora ortib bormoqda. Talabalarni o‘quv yili davomoda o‘z ustlarida mustaqil ishlashlariga va bilim olishlariga imkon beradigan, ularni ilmga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradigan yangi texnologik innovatsion usullarni ta’lim tizimiga keng tadbiq etish lozim.
Ushbu ishchi dastur davlat ta’lim standartlari talabiga javob beradigan tarzda tuzilgan, fanning tibbiyotda tutgan o`rni, maqsadi, nazariy va amaliy ahamyati, vazifalari, talabalar o‘zlashtirishi shart bo‘lgan bilim ko‘nikmalari keng yoritilgan.
O’quv fani bo‘limlari mustaqil ishlardagi asosiy masalalar aniq ko‘rsatilgan.
O‘qishning zamonaviy usullariga, texnik vositalar qo‘llanilishiga reyting sistemasida bilimni nazorat qilishga katta e’tibor berilgan. Ishchi dastur o’zbek va rus tillarida tayyorlangan.
Xulosa: Ushbu ishchi dastur fan oldiga qo‘yilgan talablarga javob beradi.