Ishning dolzarbligi. Kimyo sanoatida karbonilli birikmalar hosilalari asosida komplekslarning maqsadli sintezini amalga oshirish muhim bo’lib, ulardan keng miqyosida katalizatorlar, o’simliklarni o’stiruvchi moddalar, turli mikroorganizmlarga qarshi baktritsid va fungitsidlar kabi yuqori samara beradigan preparatlarni olishga va turli sharoitlarda reaksiya selektivligini oshirish masalariga alohida e’tibor qaratmoq lozim. Shu maqsad bilan oraliq metallarning kompleks birikmalarini olish uchun keng ko‘lamdagi turli terminal o‘rinbosarlar saqlagan ko‘pfunksional polidentat ketoal’degid ligandlarni sintez qilishning samarali usullarini yaratish dolzarb hisoblanadi.
Ayni kunda mamlakatimizda kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqa-rish va ularni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joriy etishga katta e’tibor qaratilgan. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar asosida muayyan natijalarga, ayniqsa qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoyalash va o‘sishini tezlashtiruvchi yangi preparatlarni yaratishning ilmiy asoslarini yaratishga erishildi. Aytish joizki, respublikamizda qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoyalash va o‘sishini tezlashtiruvchi preparatlarni ishlab chiqarish etarli darajada emas. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tka-zish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish», «prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish» va «mamlakat oziq-ovqat havfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish» ga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini, jumladan, kimyo sanoatini rivojlantirishda, yo‘naltirilgan organik sintez asosida yangi ligandlar olish va ularning 3d-metallar bilan kompleks birikmalarini qo‘llash dolzarb vazifalardan bo‘lib, muhim ahamiyat kasb etadi[1-3].