Buxoro davlat universiteti


Ilmiy tadqiqot ishining asosiy mazmuni



Download 248.74 Kb.
Page4/8
Date23.02.2023
Size248.74 Kb.
#60730
1   2   3   4   5   6   7   8
Magistrlik dissertatsiyasi
fizik kimyoning tanlangan boblaro test, 1-mavzu ekonometrik modellashtirish asoslari, 10-ma`ruza
Ilmiy tadqiqot ishining asosiy mazmuni: Sintez qilingan organik birikmalar va ular asosidagi kompleks birikmalarning biofaolligi, kimyoviy va katalitik xossalari butunlay boshqa yo’nalishlarda o’zgarishini ta’minlaydi. Chunki markaziy metal ioni ligandlarning donor atomlari bilan mustahkam koordinatsion bog’lar tizimi bo’ylab elektron almashinuv sodir bo’ladi. Natijada butun kompleks birikma molekulasi ichida yaxlit koordinasion sfera hosil bo’ladi va bu hodisa “koordinastion birikmalarning elektron effekti” deyiladi. Elektron effekt ta’sirida olingan kompleks birikmalarning termodinamik va kinetik xossalari o’zgaradi. Metall aralashmalaridan ayrim ionlarni ajratib olish, bundagi ligandlarning selektivligini oshirish, tirik organizmlarni uchraydigan murakkab tuzilishdagi moddalar modellarini yaratish, ulardagi bioelementlar-ning ta’sirchanligini turli yo’nalishlarda o’zgartirish bu kundagi kimyogarlar oldiga qo’yilgan muhim muammolarning biri hisoblanadi. Ayni xildagi poli-funksional ko’p dentatli ligandlar bilan oraliq metallar koordinasion birikmalari tadqiqoti sintetik kimyoning o’ta dolzarb muammosi hisoblanadi [4-7].
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
2,4-dioksopentan kislota (IV) etil efirining paraalmashingan aromatik kislotalar gidrazidlari bilan kondensatlanish mahsulotlarining tuzilishi o‘rganildi. YaMR 1H spektroskopiya ma’lumotlariga ko‘ra, erkin 1,3-ketoefir, aynan 2,4- dioksopentan kislotaning etil efiri keto-yenol shaklda mavjud bo‘ladi. Ketoefir (V) asosida olingan atsilgidrazonlarning (H2L 11 – H2L 13) (VI) tarkibi va tuzilishi element analiz, IQ- va YaMR 1H spektroskopiya usullari bilan aniqlandi.
Tadqiqotning ob'ekti 5,5-dimetil-2,4-dioksogeksan kislota metil va etil efirlari va aromatik kislotalar gidrazidlari.
Tadqiqotning predmeti sintez qilib olingan H2L11–H2L13 birikmalarning tuzilishi haqidagi xulosalarni batamom tasdiqlash maqsadida ularning CDCl3 eritmasida YaMR 1H spektrlari olish va spektrlar halqali tautomer (V) shaklning saqlanib qolinishini tasdiqlash.

Download 248.74 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page