Buxoro davlat universiteti


II EKSPERIMENTAL QISM



Download 248.74 Kb.
Page2/8
Date23.02.2023
Size248.74 Kb.
#60730
1   2   3   4   5   6   7   8
Magistrlik dissertatsiyasi
fizik kimyoning tanlangan boblaro test, 1-mavzu ekonometrik modellashtirish asoslari, 10-ma`ruza
II

EKSPERIMENTAL QISM

2.1.

Reaktivlarni tozalash va tadqiqot usullari

2.2.

2,4-Dioksopentan kislota etil efirining para-almashingan hosilalari sintezi
















III

OLINGAN NATIJALAR TAHLILI




XULOSA







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI












K I R I SH


Bugungi kunda istemol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlashning yagona yo’li-meva-sabzovot, chorvachilik va boshqa oziq-ovqat masulotlari yetishtirish hajmini ko’paytirish hamda “daladan do’kongacha” bo’lgan uzluksiz zanjirni yaratish masalasi oldimizga maqsad qilib qo’yilgan. Barchamiz ushbu vazifani ijrosini to’liq bajarishimiz lozim bo’ladi.
Qishloq xo’jaligi tarmoqlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi, havo va tuproq ekologiyasini buzilishi, shuningdek, yer maydoni va suv resurslari kabi tabiiy manbalarining cheklanganligi insoniyatning oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talablarini kun sayin oshib borayotganligi, insoniyatning yerdan oqilona foydalanish, yerlarning meliorativ holatini va tuproq unumdorli-gini oshirish orqali ekinlar hosildorligini ko’paytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Yerlari hosildorligini pasayib borishini bartaraf etadigan, hamda qishloq xo‘jalikda yetishtiriladigan mahsulotlar hosildorligini oshirishga xizmat qiladigan, arzon, mahalliy xom ashyolardan, chetdan olib kelmay turib o’zimizda sintez qilinib, valyutamizni tejaydigan, atrof-muhit va iste’molchi-larga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan stimulyatorlar yaratish bugungi dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida «tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlash-tirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish» ga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada mamlakatimizda mavjud xom-ashyolar asosida paxta, g‘alla, sabzavot va poliz ekinlari uchun yuqori samarali, ekologik toza, polifunksional ta’sirli o‘simliklarni o‘stiruvchi stimulyatorlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi [1,2].
O‘simliklar o‘sishini tezlashtiruvchi va hosildorlikni oshiruvchi kimyoviy vositalar sintez qilishda kompleks birikmalar kimyosi yo’nalishi hissasiga ham to‘g‘ri keladi. Shu tufayli tridentat organik birikmalarlar va 3d-metall ionlari asosida yangi biologik faol moddalar (stimulyator) yaratishni nazariy va amaliy masala-larini yechish uchun ma’lum tarkib va tuzilishli metallokomplekslarni yo‘naltirilgan sintez qilish yo‘llarini izlashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Download 248.74 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page