Emotsiya, iroda va xarakter Reja


«O’tadi shubhasiz yaxshi va yomon, Baxtlidir yaxshi nom qoldirgan inson». Shayx Sa’diy



Download 90.41 Kb.
Page5/10
Date15.05.2024
Size90.41 Kb.
#64260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Emotsiya va iroda xaraktar
«O’tadi shubhasiz yaxshi va yomon, Baxtlidir yaxshi nom qoldirgan inson». Shayx Sa’diy
Ehtiros
Ehtiros ham uzoq davom qiladigan va barqaror bo’lgan emotsional holatdir. Lekin kayfiyatdan ehtirosning farqi shuki, ehtiros muayyan harakatga, muayyan ob’ektga mutassil intilishda kuchli sur’atda ifodalangan kuchli emotsional holatdir. Ehtiros hamisha konkret bir narsaga qaratilgan bo’ladi. Masalan, odamlarda bilimga, ixtirochilikka, muzikaga bo’lgan ehtiros mana shunday konkret ehtirosdir. Bular ijobiy extiroslarga misol bo’la oladi. Bizning ahloqimiz nuqtai nazaridan qaraganda, salbiy ehtiroslar ham bor.
Masalan, ichkilikbozlikka, alkogolga, qimorga, kartabozlikka hirs qo’yish, pulparastlik mana shunday salbiy ehtiroslardir. Ijobiy ehtiroslar odamni ulkan ijodiy faoliyat yo’liga etaklovchi kuchdir.
K.E.Tsiolovskiyda kosmosga uchish masalalarini ilmiy jihatda ishlab chiqishga xuddi mana shunday katta ehtiros bor edi. U butun umr bo’yi mana shunday ehtiros bilan yashadi. I.P.Pavlov yoshlarga yozgan o’zining mashhur xatida ilmiy tadqiqot sohasidagi ehtirosning ulug’ ahamiyati borligini ko’rsatib bunday degan edi: «Ilm-fan odamda ko’p kuch sarflab, zo’r ehtiros bilan ishlashni talab qiladi. O’zlaringizning ishingizda va qidirishlaringizda ehtirosli bo’lingiz».
Ruhlanish
Emotsional holatning bir turi bo’lgan ruhlanish xilma-xil faoliyatlarda namoyon bo’ladi. Kishidagi ruhlanish muayyan faoliyatga katta kuch va istak bilan intilishdan iboratdir.
Faoliyatdan kuzatilgan maqsad ravshan bo’lganida va bu faoliyatning natijasi ochiq, ko’rinib turganida hamda kerakli, qimmatli natija ekanligi bilinib turganida birdaniga va tez ruhlanish paydo bo’lishi mumkin. Faoliyat jarayonining o’zida shu faoliyatning qimmatli va ijtimoiy ahamiyatli ekanligi aniqlashib qolgan hollarda ham bunday emotsional holat asta-sekin vujudga kelishi mumkin.
Ruhlanish ba’zan qisqa muddat, ba’zan esa uzoq muddat davom etadi. Ruhlanish ijobiy emotsional holatdir. Ruhlanish faqat ayrim kishining o’zigagina xos holat bo’lmasdan, shu bilan birga, juda ko’p vaqt butun bir jamoaga mushtarak kechinma tariqasida ham namoyon bo’ladi. Bir xildagi vaziyatda, bitta faoliyatning o’zi bilan shug’ullanayotgan vaqtda, bitta muayyan ideyani amalga oshirayotgan vaqtda bir kishida yoki bir guruh, odamlarda paydo bo’lgan ruhlanish boshqa odamlarga tez o’tishi mumkin.
Bunday hollarda shu tariqa ruhlangan odamlar qanchalik ko’p bo’lsa, shu guruhdagi har bir ayrim kishida bu ruhlanish hissi shunchalik kuchli bo’ladi.
Inson faoliyatining hamma turlarida o’ziga xos ruhlaiish voqe bo’lishi mumkin: bunday faoliyat jamiyat uchun va ayrim shaxs uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan hollarda ham, fao­liyat natijalari g’oyat maroqli bo’lgan hollarda ham odam­larda mana shunday ruhlanish paydo bo’ladi. Bu emotsional holat odamlarning ijodiy faoliyatida ayniqsa tez-tez va g’oyat yorqin namoyon bo’ladi. Ruhlanish – odamning o’zidagi eng yaxshi ruhiy kuchlarning hammasini safarbar qilishi demakdir. Bu his mehnat va ijodiy faoliyatda muvaffaqiyat qozonishni va dushmanga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlaydigan hal qiluvchi faktorlarning biridir.

Download 90.41 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page