Emotsiya, iroda va xarakter Reja



Download 90.41 Kb.
Page7/10
Date15.05.2024
Size90.41 Kb.
#64260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Emotsiya va iroda xaraktar
O’zini tuta bilish. Mana shu so’zning o’zidan ko’rinib turibdiki, o’zini tuta bilish – kishining o’z-o’zini qo’lga ola bilishidir. O’zini tuta bilish – kishining oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishga qarshilik ko’rsatuvchi ichki holatini engishda ko’rinadigan kuchli irodadir. O’zini tuta bilish – toliqish hissini, og’riqni, qo’rqinchni, shuning kabilarni engishda ko’rinadi, o’zini tuta bilish ayni paytda keraksiz bo’lgan reflekslarga, odatlarga, mayllarga yo’l qo’ymaslikdir. Yu.A.Gagaringa murojaat qilib, uchish paytingizdagi ba’zi vaqtlarda qo’rqish hissi paydo bo’lganmi?– deb savol berilganda, kos­monavt shunday deb javob bergan:– «Albatta, hamma tirik odamlardagi kabi menda ham bo’lgan. Biroq, men kurkinch hissini tezda engib tashladim». Bu o’rinda Gagarin K.D.Ushinskiyning so’zini maqol qilib keltiradi: hech narsadan qo’rqmay o’zini havf-xatarga uradigan odam mard emas, balki eng kuchli qo’rqinch hissini enga oladigan hamda qo’rqinch hissiga bo’ysunmay, havf-xatar haqida o’ylay oladigan odam marddir». Bu juda to’g’ri aytilgan fikr – deydi Gagarin. Men g’ashlanish va bo’shashishdan hech qanday foyda yo’q ekanini bilar edim. Ana shuning uchun, garchi barcha havf-xatarni aniq bilsam ham, bunday narsalarni miyamga kiritmas edim». (Uchitelskaya gazeta, №108 ot 9 sentyabr, 1961 goda).
O’zini tuta bilish va qo’rqmaslik odamning qo’rqinch hissini kechirmasligida emas, balki ongni yo’qotib qo’ymay, o’z irodasining kuchi bilan bunday hissiyotlarni bosishi va batamom yo’qotib yuborishidadir. Bu degan so’z – o’zini idora qila bilish degan ma’noni bildiradi. O’zini tuta bilish – vazminlikka oid yuksak fazilatdir. Kishi o’zini biron nar­sadan tiyish uchun ba’zan anchagina irodaviy zo’r berishga, ya’ni iroda kuchini ishga solishga majbur bo’ladi.
Irodasi kuchli kishilar deganda biz o’zini mahkam tuta biladigan bosiq kishilarni tushunamiz. Ulug’ Vatan urushi yillarida bizning askarlarimiz, razvedkachilarimiz, qahramon uchuvchilarimiz va temir yo’lchilarimiz kuchli irodaning yuksak na’munalarini ko’rsatdilar.
Irodaviy zo’r berish orqali hushidan ketib qolmaslik va hattoki o’limni to’xtatib qolish kabi hodisalar qadim zamonarda ham bo’lib o’tgani ma’lum. Masalan, asrimizdan oldingi V asrda Gretsiya bilan Eron urushi paytida bir askar greklarning eronliklar ustidan qozongan g’alabalari haqida habar etkazish uchun Marafon degan joydan Afinaga chopib kelgan. Biroq bu habarni etkazgan-u shu zahoti jon bergan. Ana shu askarning xotirasini abadiylash maqsadida sport musobaqalaridan bir turiga, ya’ni 42 kilometr-u 195 metrga yugurishga – «Marafon yugurishi» deb nom berilgan. Janglardan birida Napoleonga bir otliq elchi yugurib kelgan. U Napoleonga xat uzata turib, egarda tebranib ketgan.
Siz yaralanganmisiz?–deb so’raydi Napoleon. – Yo’q; o’ldirilganman- deb javob beradi shu zahotiyoq jasadi otdan ag’darilib tushadi.
O’zini tuta bilishning aksi deganda biz – ixtiyorsiz harakatlar tomonidan engilib, ya’ni yo’q qilib yuboriladigan irodani tushunamiz. Odamning bunday xususiyatini o’ziga kuchi etmaslik, o’zini tiya olmaslik deb ataladi. O’ziga kuchi eta olmaslikning eng keskin ko’rinishi beboshlik, pastkashlikdir. Bunday odam o’zida beixtiyor tug’iladigan salbiy tuyg’ularga, instinktlarga berilib, o’z nafsini tiya olmaydi. Bu hayvonlik holatiga tushib qolish demakdir.
Dadillik – kishining hayot va omonligi uchun havfli bo’lgan qarshiliklarni engishda ko’rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashyutchi har gal samolyotdan o’zini tashlaganida dadillik qiladi. Dushmanning orqa tomoniga o’tib olgan razvedkachilar ham dadillik namunasini ko’rsatadilar. Dadillik o’zini tuta bilish bilan mahkam bog’liqdir. Dadil harakat qilish uchun avvalo o’zini tuta bilish kerak. Dadillik bor joyda o’zini bilish ham bor.
Biron maqsadni amalga oshirishda hamisha dadillik ko’rsatish mardlik va jasorat deb ataladi.
Bizning jamoa sportchilarimiz sportning turli sohalarida dadillik va o’zini tuta bilishning ajoyib namunalarini ko’rsatmokdalar.
Shuni qayd qilib aytish kerakki, yoshlarimiz irodasining bu sifatlari yil sayin mustahkamlanib bormokda. Masalan, 1963 yilda to’rtta qiz – Olga Sushinskaya (Moskva), Ninel Shveynova va Irina Serlitskaya (Kiev), Aminat Sultanova (Maxachkala) lar bir gruppa bo’lib tunda 7100 metr baland­likdan parashyutda o’zlarini samolyotdan tashladilar. Sibirlik yosh sportsmenka Valentina Seliverstova 7150 metr balandlikda samolyotdan o’zini tashlab, 6150 metr masofa davo­mida parashyutni ochmay tushgan. 1965 yilda esa 25 dan 26 iyunga o’tar kechasi parashyutchilardan S. Vlasova, A. Kensitskaya, L. Masich, N. Grishenkova, O. Rukosueva, A. Malisheva, L, Kuleshova, G. Sarigina va N. Basovalar gruppa bo’lib parashyutni ancha vaqtgacha ochmasdan tushdilar. Ular «AN-12» samolyotini 12080 metr balandlikda qoldirib, 11280 metrgacha parashyutni ochmay erkin tushib keldilar. Bu butun jahon miqyosida yangi yutuqdir.
O’sha kechaning o’zida A. Korovochkina, A. Zalusskaya, N. Kol­dobina, E. Chepilova, T. Suxareva, T. Duganova, G. Grudina va S. fuqarolardan iborat bo’lgan bir gruppa parashyutchilar sostavi balandlikdan parashyutni darhol ochish usulida tushdi­lar. Ular 12200 metr balandlikdan o’zlarini parashyutda tashladilar. Bu ham yangi butun jahon yutug’i bo’lib qoldi. Dadillikning yo’qligi kuchsiz irodaning alomatidir. Buni qo’rqoqlik, nomardlik deb ataladi.

Download 90.41 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page