Yechish. Agar 100 C da 100 gr suvda 22 g KNO3 erisa 200 gr suvda 44 gr eriydi. Binibarin, eritma 100 C ga qadar sovutilganda undan 300-44 = 256 g selitra ajralib chiqadi.
5-masala. Vodorod peroksid H2O2 dan suyuq kislorod o’rnida foydalanish mumkin. Tarkibi quyidagicha bo’lgan 2kg suyuq yoqilg’ining to’liq yonishi uchun necha kg vodorod peroksid (100% ligiga hisoblaganda) kerak bo’lishini hisoblab toping. Modda tarkibida ugleroddan 37%, vodoroddan 13%, kisloroddan 50% bor.
Yechish. 1. Masalani yechish uchun yoqilg’i formulasini uning berilgan massa ulishi asosida hisoblash orqali aniqlaymuz.
C-37% H-13% O2 -50%
Modda formulasi CH4O yoki CH3OH.
2. Tarkibi CH3OH bo’lgan 2 kg suyuq yoqilg’ining yonishi uchun sarf bo’ladigan kislorod miqdorini uning reaksiya tenglamasi orqali aniqlanadi:
64kg CH3OH ning yonishida yoqilg’ini yondirish uchun 3,0 kg kislorod sarflanadi.
3. 2kg yoqilg’ini yondirish uchun sarflanadigan kislorodni qancha miqdordagi vodorod peroksiddan olish mumkinligini aniqlaymiz:
68 kg vodorod peroksiddan 32 kg O2 ajralsa, x kg vodorod peroksiddan 3,0 kg O2 ajraladi.
Demak, 2kg yoqilg’ini yondirish uchun 6,40 kg vodorod peroksid kerak bo’ladi.
6-masala. Vodorod bilan kislorod elementlari o’zaro ikki xil birikma- suv va vodorod peroksidni hosil qiladi. Bularda 1,008 massa qism vodorodga to’g’ri keladigan kislorod massa nisbatini toping.
Yechish. H2O –suvda 1,008 g vodorodga 8,00 massa qism kislorod to’g’ri keladi. Vodorod peroksidda esa (H2O2) 1,008 g vodorodga 16,00 g kislorod to’g’ri keladi. Demak, bu birikmalarda 1,008 g vodorodga to’g’ri keladigan kislorod massa nisbati 8,00:16,00 yoki 1:2 ga teng.
7-masala. 00C da 5 l metan, 10 litr vodorod, va 25 litr kislorod aralashtirilgan. Gazlar aralashmasining tarkiy qismini turli birliklarda ifodalang. Umumiy bosimni 760 mm sim. ust. deb hisoblab gazlarning parsial bosimini hisoblang
Share with your friends: |