2-jadval
Gaz
|
1 hajm suvda erigan gaz hajmining miqdori
|
Gaz
|
1 hajm suvda erigan gaz hajmining miqdori
|
N2
|
0,011690
|
CI2
|
2,40
|
H2
|
0,01863
|
H2S
|
42,36
|
O2
|
0,03220
|
HCI
|
427,90
|
CO2
|
0,9280
|
NH3
|
748,80
|
2- jadvaldan ko’rinib turubdiki, NH3, HCI, H2S, Cl2, CO2 boshqa gazlarga qaraganda ko’p eriydi. Bu ularning suv bilan o’zaro kimyoviy ta’siri bor ekanligidan dalolat beradi.
Gazlarning suvda erishi ekzotermik jarayon bo’lgani uchun temperatura oshishi bilan eruvchanlik kamayadi. Masalan dalada sovuq havoda turgan bir piyola suvni issiq xonaga olib kirib qo`yilsa, biroz vaqt o`tgach undan gaz pufakchalari ajralab chiqayotganing guvohi bo`lasiz.
Binobarin, qaynatish orqali suvdagi erigan havodan tamomila holi bo’lish mumkin. Ammo gazlar organik erituvchilarda eriganda ko’pincha issiqlik yutiladi. Bunday hollarda temperatura ko’tarilishi bilan gazlarning eruvchanligi oshadi.
Gaz erigan suvga elektrolit qo`shilsa, gazlarning eruvchanligi kamayadi. Buni “muzlanish” ya`ni tuz yordamida ajratib olish deyiladi. Masalan, 20 0C va 1atm bosimda 100g suvda 23sm3 eriydi. Bu hodisaga tuzning gidratlanishi sabab bo`ladi deb tushuntiriladi, ya`ni suvning bir qismi tuz ionlari bilan birikish uchun sarf bo`ladi va o`zining eruvchanlik vazifasini o`tay olmaydi. Shuning uchun elektrolit qo`shilganda gazning bir qismi ajralib chiqadi.
Gazning suyuqliklarda eruvchanligiga bosimning ta`sirini Genri o`rganib, 1802 yilda quyidagi qonunni kashf etgan: O`zgarmas temperaturada gazning suyuqliklarda erivchanligi uning eritma ustidagi bosimiga to`g`ri proporsional bo`ladi:
Cc=K∙P (6)
Bu yerda Cc- suyuqlik erigan gazning massaviy konsentratsiyasi P- gazning eritma ustidagi bosimi; K- proporsionallik koeffisient –eruvchanlikni bosimga bog`liq emasligi, ammo temperatura bilan o`zgarishini ko`rsatadi. Masalan, 100ml suvda O0C da va 1atm bosimda 2,9 mg azot erisa, bosim ikki marta oshirilsa 5,8 mg eriydi. Bosimga proporsional ravishda gazning zichligi ham oshadi; bosim ikki marta oshganda 5,8 mg azot 1atm bosimdagi 2,9 mg azot egallagan hajmni egallaydi.
Demak, ma`lum hajmdagi suyuqlikda erigan gazning hajmi bosimga bog`liq emas. Shuning uchun gazlarning eruvchanligi milligrammlarda emas, balki millilitrlarda ifodalanadi
Agar suyuqlikda gazlar aralashmasi eritilsa, ular Genri- Dalton qonuniga muvofiq har qaysi gazning parsial (o`ziga tegishli) bosimiga proporsional ravashda eriydi. Umumiy bosim esa aralashmadagi barcha gazlarning parsial bosimlari yig`indisiga teng bo`ladi.
P=P1 +P2 +P3 + .. Pn (7)
Share with your friends: |