Fan Tarixdan hikoyalar I. Mavzu



Download 4.89 Mb.
Page100/156
Date11.01.2023
Size4.89 Mb.
#60342
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   156
5 синф тарих
Semiramida osma bog‘lari. Miloddan avvalgi VII asrda yashab o'tgan Yangi Bobil davlati hukmdori - malika Shomuramat (grekcha talaf- fuzda Semiramida) Bobil shahrida tarixga «Semiramida osma bog‘lari» nomi bilan kirgan bog ‘ bunyod ettirgan. Bog‘ to‘rtqavatli saroy shaklida barpo etilgan. «Osma bogS supaga o‘xshash qilib qurilgan. Bu supalami ustunlar ko‘- tarib turgan. Supalar ustiga tuproqlar tashlanib, unga rang-barang gullar, har xil ko‘chatlar o'tqazilgan. Har bir qavatdagi bog‘ga zinapoyalar orqali chiqilgan.
Olimp xudosi Zevs haykali. Qadimgi greklarning dini ko‘p xudolik borgan. Afso- nalarga ko‘ra xudolar Olimp tog‘i da yasha- ganlar. Zevs xudolaming oliy si, xudolar hamda odamlarning «otasi» hisoblangan. Uning nomi «yorug‘ osmon» degan ma’noni anglatgan. Qudratli Zevs sharafiga greklar yilda bir marta mashhur sport musobaqalari — Olimpiada 0‘yinlarini o‘tkazganlar.
Greklar Zevsga atab ibodatxona va haykal bunyod etganlar. Xudolar podshosi Zevs taxtda o‘tirgan holda tasvirlangan. 0‘ng qo‘lida— ma’buda Nikaning haykali, chap qo‘lida — muqaddas burgut o‘rnatil- gan podsholik hassasi, oltin libosga burkan- gan, tanasi fil suyagidan tarashlangan, ko‘zlari qimmatbaho toshlardan yasalgan Zevs haykalining balandligi 12 metr bo'lgan.
Haykal shu darajada mahorat bilan ishlanganki, uni tomosha qilgan kishining turmush tashvishlari, g’am-g’ussalari tarqalib ketgan. Taxtda o‘tirgan Zevs haykalini mashhur haykaltarosh Fidiy yaratgan.
Ma’buda Artemida ibodatxonasi. Ma’buda Artemida sharafiga Efes shahrida (bu shahar hozir Turkiya hududida joylashgan) ko'Tganlarni lol qoldiradigan ibodatxona qu- rilgan. Afsonalarga ko‘ra Artemida Zevs- ning qizi bo‘lgan. U hosildorlik, ov va Oy ma’budasi edi. Ayni paytda hayvonlar ho- miysi, shuningdek, ayollar madadkori ham hisoblangan. Artemida ibodatxonasining tomini qoyatoshlardan ishlangan 18 metrli ustunlar suyab turgan.
Quyosh xudosi Gelios haykali. Miloddan avvalgi 304- yilda Rodos aholisi shaharning bir yillik qamaldan xalos bo'lganligi sharafiga sha­har homiysi, Quyosh xudosi Geliosning haykalini yaratishga qaror qilgan. Haykal bronzadan ishlangan.
Haykalning bo'yi 35 metr bo'lgan. Uni haykaltarosh Xeres 12 yil davomida bunyod etgan. Haykalda Quyosh xudosi Geliosning boshi Quyoshga tegib turgandek tasvir- langan.
Aleksandr mayog‘i. Miloddan avvalgi 283- yilda Misr sohillaridan uzoq bo'lmagan Foros orolida o'shazamonning ajoyib mo'jizasi - Aleksandr mayog'i bunyod etilgan.
Mayoq kemalarning Aleksandriya shahri bandargohiga kirish xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilgan. Mayoqning balandligi 120 metr bolgan.
Uning eng yuqori qismi gumbaz bilan qoplangan. Gumbazning ustiga «dengiz xudosi» Poseydonning 7 metrlik haykali o'rnatilgan. Gumbazni sayqallangan gmnit (tog'jinsi) ustunlar ushlab turgan.
Uning ustki qismida mayoq olovi yonib turgan va kechalari dengizchilarga uzoqdan ko'rinib turgan. Mayoq atrofni kuzatish nuqtasi vazifasini ham bajargan. Mayoq 1500 yildan ortiq vaqt xizmat qilgan.
Galikarnas maqbarasi. Qadimgi Gretsiyada kichkina Kariy podsholigi bo'lgan. Uning poytaxti Galikarnas shahri edi. U nihoyatda boy va go'zal shahar bo'lgan. Galikarnas maqbarasini miloddan avvalgi 353- yilda vafot etgan podsho Mavsol qurdirgan. Bu bino ham maqbara, ham ibodatxona vazifasini bajargan.
.



Download 4.89 Mb.

Share with your friends:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   156




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page