Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
5 daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa). Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
Baholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
Zardushtiylikning vujudga kelishi tarixi
Miloddan avvalgi I mingyillikdaO`rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi. Bu din hali odamlar tabiatni ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi.
Zardushtiylar olov (Quyosh), tuproq, suv, oy, yulduzlarga sig`inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan.
"Zardushtiylik" so`zi ham Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan.
Zardusht — yangi zardushtiylik dini asoschisidir. Keyinroq Yunonistonda payg`ambar Zardushtning ismi "Zoroastr" shaklida jarangladi (yunoncha "astron" — "yulduz" so`zidan), negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand yulduzshunos munajjim sifatida bilishar edi. Zardushtning ismidan kelib chiqqan holda uning ta'limoti ham zardushtiylik dini deb yuritila boshladi.
Tarqalishi Zardushtiylik tarqala boshlagan kezlarda ibodatxonalar ham, odamlar duo matnlarini o`rganishi uchun maxsus kitoblar ham bo`lmagan. Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan qarshisida yoki uydagi o`choq olovi atrofida o`tkazilgan.
Zardushtning so`nggi va'zlari din xizmatchilari bo`lmish kohinlar tomonidan yozib olingan. Zardushtiylik kohinlari diniy matnlarni yod olib, dindorlarga o`qib berar edilar. Zardusht vafotidan keyin bir necha asrlar o`tgach, barcha diniy marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas bo`lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi "Avesto" bo`lib, "qat`iy belgilangan qonun-qoidalar" degan ma'noni anglatadi.