Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
5 Daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa). Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi. IX.Yangi mavzu bayoni BMTning tuzilishi sabablari.Insoniyat Ikkinchi jahon urashining fojeali oqibatlaridan yangi jahon
urushiga yo‘l qo‘yib bo'lmasligi haqida xulosa chiqardi. Agaryangi urush bo'ladigan bo'Isa shubhasiz unda avvalgisidan ham dahshatli qirg‘in ro‘y berardi. Shuning uchun ham davlat arboblari urushdan zarur xulosa chiqarib kelajak haqida qayg'urishga, bundan keyin jahon urushi bo‘lishiga yo‘1 qo'ymaslikka qaror qilganlar.
Ular yer yuzida mustahkam tinchlik o‘rnatish uchun barcha davlatlaming harakatini birlashtirishga
xizmat qiluvchi xalqaro tashkilot tuzishga ahd qilganlar.
BMTning tuzilishi va uning maqsadlari.Tez orada bunday xalqaro tashkilot tuzildi. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) deb ataldi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yilning 24-oktabrida tuzilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsadlari quyidagilar ekanligi belgilab qo'yildi:
butun dunyoda tinchlikni ta’minlash;
dunyo xalqlari o‘rtasida do‘stlik munosa- batlarini rivojlantiiish;
-inson huquqlari va erkinliklariga hurmatbilan qarashni rag'batlantirish.
BMT qarorgohi AQSHningNyu-York shahrida joylashdi. BMTga Bosh kotib rahbarlik qiladi. Dunyoning qaysi bir burchagida bolmasin, umumiy tinchlikni xavf ostiga qo'yadigan vaziyat yuzaga kelsa, BMT uni muhokamaqiladi va tinchlikni saqlab qolish uchun zarur choralami ко ‘radi. Hozirgi kunda dunyoning 200 ga yaqin davlati BMTa’zosidir. Mana, Ikkinchi jahon urushidankeyin о’tgan yillar davomida BMT Yer yuzida mustahkam tinchlik ishi uchun kurashib kelmoqda.
BMT bolalar huquqi himoyachisi hamdir. U doimo dunyo bolalari haqida ham g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda. BMT Ikkinchi jahon urushining bolalar boshiga solgan fojeali oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 1946-yilda o‘zining, «Bolalarga yordam ko‘rsatish xalqaro jamg‘armasi»ni tuzdi.
YUNISEFning faoliyati.1946-yilda tuzilgan «Bolalarga yordam ko'rsatish xalqaro jamg'armasi» qisqartirilgan holda YUNISEF deb ataladi. U dastlab urushdan eng ko‘p aziyat chekkan Yevropa bolalariga yordam ko‘rsatgan. Keyinchalik Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika qit’asi bolalariga yordam ko‘rsatishni boshlagan.
YUNISEF dunyo bolalariga ko'rsatgan yordami uchun 1965-yilda xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Chunki bu qit’alar bolalari hayoti bilan bogliq muammolardolzaibligichaqolmoqda. Chunonchi, bolalar o‘rtasida o‘lim darajasi hamon yuqori, millionlab bolalar to‘yib ovqat yeya olmaydi. 130 milliondan ortiq bola esa maktabga qatnamaydi.
Bularni hisobga olgan YUNISEF o‘z faoliyatini quyidagi yo'nalishlargaqaratgan:
olimga sababchi boladigan kasalliklar bilankasallanishning oldini olish uchun bolalarni emlash;
bolalar va onalarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash;
bolalarning ko‘r bo'lib qolishiga sabab bo‘luvchi «А» vitamini yetishmasligining oldini olish;
bolalar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaning barcha davlatlar tomonidan tasdiqlanishiga erishish. YUNISEF o'z faoliyati bilan уiliga 3 million bolaning hayotini saqlab qolmoqda. Bugungi kunda YUNISEFga 140 dan ortiq davlat a’zo. O'zbekiston Respublikasi 1994-yildaunga a’zo bo'lib kirdi vau bilan yaqin hamkorliko'matdi. YUNISEF O'zbekiston hukumati bilan bolalami emlash, vaksinalar yetkazib berish va Orolbo'yi aholisiga yordam ko'rsatish kabi sohalarda hamkorlik qilmoqda.
O'zbekistonda bolalar haqida g'amxo'rlik qilish davlat siyosatining asoslaridan birini tashkil etadi.
BMT 1989-yilda «Bolalar huquqlari to'g'risida» deb ataluvchi xalqaro Konvensiyani qabul qildi. Unda 18 yoshgacha bo'lgan insonlaming bola hisoblanishi qayd etilgan. Shuningdek, BMT a’zolariga bolalarning yashash, tirik qolish va sog'lorn rivojlanishini ta’minlash majburiyati yuklatilgan. Ayni paytda bolalarning ilm olish huquqi kafolatlangan. Bundan tashqari bolalardan aizon ishchi kuchi sifatida foydalanmaslik, askarlikka jalb etmaslik, bolalarni giyohvand moddalar iste’mol qilishdan saqlash choralarini ko'rishkabi majburiyatlaryuklatilgan. O'zbekiston Respublikasi ham bu Konvensiyaga qo'shilgan.