Salomlashuv.
Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash
og‘zaki
muloqot
3 daqiqa
II.
Dars mazmunini tushuntirish
Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi
mavzuni tushuntirish.
tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.
25 daqiqa
III.
O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash
Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.
Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi
12 Daqiqa
IV.
Dars yakunlarini chiqarish
Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.
O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.
5 Daqiqa
O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa). Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi. IX.Yangi mavzu bayoni Fashizm nima?Fashizm - dunyodagi biror-bir xalqni nasl-nasabi oliy, toza, ular boshqa xalqlar ustidan hukmronlik qilishga haqli, deb da’vo qiluvchi g‘oyadir.
Fashizm g‘oyalari tarafdorlari fashistlardeyiladi. Ularo^zlari mansub bo‘lgan xalqning boshqa xalqlar ustidan hukmron bo‘lishga haqligini zo‘r berib targ‘ib etadilar. Shu orqali o‘zlarining dunyo hukmdori bo‘lishdan iborat mash’um maqsadlarinioqlashgaurinadilar. Fashizm Yevropaning qatordavlatlarida Birinchi jahon urushidan keyingi yillarda vujudga keldi. Fashistlar ayni paytda hokimiyatni egallash uchun kurash olib borganlar. Ayrim davlatlarda bunga erishganlar ham. Chunonchi, Germaniya fashistlari 1933-yilda davlat hokimiyatini egallaganlar.
Germaniya fashizmining yo’lboshchisi Adolf Gitler mamlakatda o‘zining yakka hukmronligini o‘rnatdi. U dunyoda Germaniyaning hukmron bo‘lishini rejalashtirgan. Ayni paytda zo‘r berib urishga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
Ikkinchi jahon urushining sabablari.Nihoyat, 1939-yilning 1-sentabrida Germaniya Polshaga hujum qildi. Bunga javoban Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lonqildilar. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Urush Germaniya, Italiya va Yaponiyaning aybi bilan yuz berdi. Urushgacha bu davlatlar o‘zaro ittifoq ham tuzgan edilar.
Germaniya fashistlarining dunyoda hukmron mavqega ega bo'lib olishga urinishi Ikkinchi jahon urushining asosiy sababi bo'ldi.
Angliya, Fransiya va sobiq SSSR o‘zaro qarama-qarshiliklar va ishonchsizliklar tufayli urushning oldini ola olmadilar.
Urush boshlangach, Germaniyajudaqisqa vaqt ichida Angliya va sobiq SSSRdan tash- qari deyarli butun Yevropani zabt etdi.
U hatto Fransiyani ham taslim bo‘lishga majbur etdi. G‘alabalardan ruhlangan Germaniya 1941-yilning 22-iyunida sobiq SSSR davlatiga hujum qildi. Dekabr oyida esa Y aponiya Tinch okeanda AQSHga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. Gitler sobiq SSSRni ham juda qisqa vaqt ichida zabt etishni rejalashtirgan edi.
Biroq Germaniya sobiq SSSRga hujum qilish bilan o‘z maglubiyatiga ham zamin tayyorladi.
Tarkibida o'zbekistonlik jangchilar ham bo'lgan sobiq SSSR lashkarlari Germaniyaga qaqshatqich zarba ber- di. Ayni paytda sobiq SSSR, AQSH va Angliya Germaniyaga qarshi urushda o‘zaro hamkorlik qilish haqida kelishuvga ham erishdilar. Shu tariqa Gitler Germaniyasiga qarshi ittifoq vujudga keldi.
AQSH va Angliyaning birlashgan qo'shini Italiyani taslim bo'lishga majbur etdi. Sobiq SSSR 1944-yilda Germaniya lashkarlarini o‘z hududidan butunlay quvib chiqardi. Ittifoqchi davlatlaming Germaniyani taslim etishi muqairar bo‘lib qoldi. Oqibatda 1945-yilda Adolf Gitler o‘z joniga qasd qildi.
Nihoyat, 1945-yilning 8-may kuni Germaniya ittifoqchi davlatlar oldida so'zsiz taslim bo‘ldi. Bu haqda tegishli hujjat ham imzolandi.
Sobiq SSSR hukumati 9-may kunini fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan G‘alaba kuni deb e’lon qildi.
AQSH dunyoga o‘z kuch-qudratini namoyish etish uchun 1945-yilning avgust oyida Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga juda katta vayronagarchilik va ommaviy qirg‘in keltiruvchi mutlaqo yangi qurol - atom bombasi tashladi.
0‘zining bu harakatini Yaponiyani tezroq taslim bo‘lishga majbur etish bahonasi bilan oqlashga urindi. Yangi qurolning ishlatilishi yuz minglab kishilaming halok bo‘lishiga, mayib-majruh bo‘lib qolishiga sabab bo‘ldi. 2- sentabr kuni Yaponiyaning taslim bolganligi haqidagi hujjat imzolandi. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushi uni boshlagan davlatlarning mag‘lubiyati bilan tugadi.
Urushning fojeali oqibatlari.Ikkinchi jahon urushi urushlar tarixidagi eng dahshatli urush bo‘ldi. Urushda 60 dan ortiq davlat qatnashdi. Ikkinchi jahon urashi 6 yil davom etdi.
Olti yil ichida 60 mln. dan ortiq kishi halok bo'ldi. 90 mln. dan ortiq kishi esa yarador va mayib-majrah bo'lib qoldi. Fashistlar o'zlari bosib olgan hududlarda nafaqat katta yoshdagilarni, hatto bolalarni ham ishlatish uchun olib ketishgan. Ular va asir olingan harbiy askarlar maxsus lagerlarda saqlangan. Bunday lagerlarda saqlanganlarning 16 mln. nafari azob-uqubatlarda о'lib ketishgan.
Ular lagerlardagi maxsus joylarda gaz bilan bo'g'ib o'ldirilgan. O'lganlaming jasadlari maxsus olovxonalarda yondirilib, kullari o‘g‘it o'rnidaishlatilgan. Bular insoniyat nima uchun yer yuzida mustahkam tinchlik uchun kurashmog'i kerak, degan savolga javobdir
O‘zbekiston ishchilarining mchnat jasoratlari.Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston hali sobiq
SSSR tarkibidagi mustamlaka edi. Binobarm, 1941-yilning 22-iyunida fashistlar Germaniyasi sobiq SSSRga hujum qilgach O‘zbekiston ham urushga tortildi. To‘g‘ri, O‘zbekiston hududida harbiy harakatlar olib borilgan emas.
Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekiston frontni zarur qurol-yarog‘, o‘q-dori, oziq- ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlab turgan. Urushga О‘zbekistondan 1 million 400 mingdan ortiq jangchi yuborilgan. Aholidan yig‘ilgan pul mablag‘lari mamlakat mudofaa jamg‘armasiga topshirilgan.
Sobiq SSSR hukumati Germaniya bosib olishi mumkin borgan hududlarda joylashgan sanoat korxonalarining yuzdan ortig‘ini O‘zbekistonga ko‘chirgan. Ко‘chirib keltirilgan bu korxonalar qisqa vaqt ichida qayta bunyod etilishi zarur edi. O‘zbekiston ishchilari kuniga 11-14 soatdan fidokorona mehnat qilganlar. Ko‘chirib keltirilgan korxonalar qisqa muddatlarda qayta qurilgan va front uchun zarur mahsulot ishlab chiqara boshlagan. O‘zbekistonda 280 ta yangi korxona qurilgan.
O‘zbekiston urush yillarida frontga 2100 ta samolyot, 1700 donadan ortiq samolyot motori, 2 milliondan ortiq aviabomba, 330 ming dona parashut va boshqa qurol-yarog‘ hamda harbiy anjomlar yetkazib berdi. O'zbekiston fabrikalari esa jangchilarni issiq kiyim-kechaklar bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo‘shgan.
Qishloq mehnatkashlarining jasorati.O'zbekistonning qishloq aholisi esa frontni zarur oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlashda ulkan fidoyilik ko'rsatgan. Qishloq xo'jaligida ishchi kuchi yetishmay qolgan. Chunki mchnatga yaroqli kishilarning aksariyati frontga j о‘natilgan edi. Ularning о'rnini ayollar va bolalar egallashdi. Qishloq mchnatkashlari eng murakkab va og‘ir qiyinchiliklami mardona yengaoldilar. Urush yillarida jami 4 million tonnadan ortiq paxta, 5 million tonnadan ortiq don yetishtirildi.
Boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ham ko'payib bordi.
Ulkan saxovat. Fashizmga qarshi kurashda О‘zbekiston aholisi ulkan saxovat ham ko‘rsatgan. Chunonchi, ular mamlakat mudofaa j amg ‘ armasiga 650 mln. so‘mdan ziyod pul va 55 kg ga yaqin til la va boshqa qimmatbaho buyumlar topshirganlar.Bu mablag‘ga front uchun brone-poyezd, tank va samolyotlar qurilgan va ular frontga jo‘natilgan.
Sobiq SSSR hukumati mamlakat hududining urush harakatlari ketayotgan joylaridayashovchi tinch aholining bir qismini mamlakat ichkarisiga ko'chirgan. Shulardan bir milliondan ortig‘i O‘zbekistonga keltirilgan.
O‘zbekistongako‘chirib keltirilganlarning 200 mingini yetim bolalar tashkil etgan.
O‘zbekiston xalqi ularni do‘stona kutib olgan. Ularga g'amxo'rlik ko‘rsatgan va yashash uchun o‘z uyidan joy bergan. Oziq-ovqati va kiyim- kechagini ular bilan baham ko‘rgan. Ko‘chirib kelingan bolalarning ota-onalari urush tufayli halok bo‘lishgan edi. Ularning asosiy qismi bolalar uylariga joylashtirilgan.
Beshyarim mingdanortiglni esabag‘rikeng, saxovatpesha о‘zbek xonadonlari farzandlikka olganlar. Bunday saxovatpesha о‘zbek xonadonlaridan biri tosh- kentlik Sh. Shomahmudovlar oilasi edi. Bu oila turli millatga mansub 14 nafar bolani farzandlikka olgan. Ularni parvarishlab, tarbiyalab voyaga yetkazgan. Bu hodisa o‘zbek xalqi bag‘rikengligining, saxovatpeshaligining yana bir bor yorqin namoyishi edi.
O’zbekistonlik jangchilarning frontdagi jasoratlari.Ikkinchi jahon urushi frontlarigayuborilgan o'zbekistonlikjangchilar fashistlarga qarshi mardonajang qildilar. Fashistlar Germaniyasining hujumini birinchilardan bo'lib qarshi olgan Germaniyaga chegaradosh Brest qal’asi bo'ldi.
Qal’ani himoya qilganlar orasida o'zbekistonliklar ham bor edi. Ular boshqa millat vakillari bilan yelkama-yelka turib bir oy davomida qal’ani himoya qildilar. Qal’a himoyachilario'limlaridan old in qal’a devoriga o'z qonlari bilan «O'layotgan bo'lsam ham taslim bo'lmayman. Alvido, Vatan!», so'zlarini yozib qoldirganlar.
Bu so'zlarda yurtdoshlarimizning jasorati, o'z Vataniga- O'zbekistonga bo'lgan muhabbati o'zining yorqin ifodasini topgan edi. O'zbekistonliklar Ikkinchi jahon urushining qaysi frontida bo'lmasin shu tariqa mardlarchajang qilganlar.
Ikkinchi jahon urushi yillarida 400 mingga yaqin o'zbekistonlik jangchi qurbon bo'ldi, 60 mingdan ortiq jangchi esa nogiron, mayib-majrah bo'lib qoldi.
Halok bo’ganlar xotirasi abadiydir. Ikkinchi jahon urushi frontlarida halok bo’lganlarning xotirasini abadiylashtirish uchun 1998-yilda O'zbekistonda fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g'alaba kuni- 9-may umummilliy «Xotira va qadrlash kuni» deb belgilandi.
1999-yilda Toshkentning Bosh maydoni - Mustaqillik maydoni yonida «Xotira maydoni» majmuasi bunyod etildi.
Bu yerdagi yodgorlik devorlariga kitob betlari shakli o'rnatilgan. Ularga Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan o'zbekistonlik jangchilarning nomlari bitilgan.
Majmuada «Motamsaro ona» haykali ham o'rnatilgan. Haykalda urushda o'z farzandini yo'qotgan onaning g'am- g'ussasi aks etgan.Haykal yonida urushda halok bo'lganlar xotirasi uchun mangu olov yonib turadi.
.