Mavzu: Jondor tuman toponomikasi. Reja



Download 53.16 Kb.
Page10/11
Date21.07.2022
Size53.16 Kb.
#59218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Maruf.E
Tobagar - toba uy-roʻzgʻor buyumlaridan biri. Tuxum, qatlama va boshqa xil taom pishirishga moʻljallangan gardishli yassi qozoncha. Toba yasovchi ustalar qishlogʻi. Chorzona - toʻrt tizza ma’nosini beradi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, toponim dastlab “chorzina”, ya’ni “toʻrt zina” deb atalgan.
Ogʻar - “koʻlmak” ma’nosini beradi. Sel yogʻib oʻtgandan soʻng yerning har qayer-har qayerida hosil boʻladigan koʻlmakka nisbatan qoʻllanilgan. Toponim oʻsha joyning geografik va tabiiy xususiyatini aks ettirgan, deb hisoblash mumkin. Darveshi – darveshona taom pishiruvchilar qishlogʻi. Darveshona Buxoro vohasida tayyorlangan taom turlaridan biri.
Oʻrikzor – oʻrikzorlarga ega mavze. Hozirgi holatida toponim oʻz mazmuniga mos kelmasa-da, tarixiy nom sifatida saqlanib kelmoqda.
Akka-Chakka - چککه عکه tarixiy toponim. 1926-yil rayonlashtirish munosabati bilan tuzilgan “Xalq turadigan joylarning roʻyxati”da tarixiy nom sifatida qayd qilinadi. Roʻyxat amirlik devonxonasidagi tarixiy hujjatlar asosida tuzilgan. Bodomzor – bodomzorlar moʻl boʻlgan mavze. Tarixiy nom sifatida saqlanib kelmoqda.
Chorgʻuli – toʻrt gʻuli, ya’ni toʻrt serhosil, zich joylashgan qishloq ma’nosini bildiradi. Navrabot – yangirabot ma’nosiga ega toponim. Moxonkoʻl – fors-tojik tilida moh “oy” ma’nosini anglatadi. Toponimning lugʻaviy ma’nosi “oykoʻl”, “oydek yorugʻ, oydek tiniq koʻl”. Mazkur koʻlning tabiiy sifatlari negizida vujudga kelgan toponim hisoblanadi.
Qarovul – qorovullar qishlogʻi. Atrof qishloqlarni muxolifdan himoya qiluvchi chegara hududda joylashgan qishloq.
Xoʻjagaroy – xoʻjasaroy atamasining oʻzgargan koʻrinishi deb faraz qilish mumkin. Bunda xoʻjalar saroyi, xoʻjalar yashagan qishloq ma’nosi yuzaga keladi.9

Xulosa:
Jondor tumani viloyatning qadimiy va mashhur arxeologik yodgorligi - Varaxsha joylashgan hudud. Shu bir holatning oʻzi uning qadimiyligi, tarixiy toponimlarga boyligidan bahs yuritadi. Bu toʻgʻrida Narshaxiy oʻzining “Buxoro tarixi” asarida ma’lumot bergan. Tuman hududi moʻgʻullar istilosi davridagi tarixiy voqealarga, jumladan, istilochilarga qarshi xalq harakatlariga shohid boʻlsa, mavjud toponimlar esa aholining ijtimoiy turmush tarzi, xoʻjaligi va mashgʻulotidan guvohlik beradi.Jondor tumani o’zining tarixiy obidalari Poykent Varoxsho yodgorliklari bilan ham mashhurdir. Jondor tumaida qishloq xo’jaligi sohalari : dehqonchilik chorvachilik baliqchilik yilqichilik ancha rivoj topgan.  Buxoro vohasining janubiy-gʻarbida, qadimiy Zarafshon oʻzanining oʻng sohilida joylashgan. Aholisi 8,7 ming kishi (2001). Plastmassa, vino, konserva, sut, non zavodlari ishlab turibdi. "Xadan" (Oʻzbekiston-Xitoy) qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Jondordan xalqaro ahamiyatga molik Buxoro — Turkmanobod (Chorjoʻy) avtomagistrali oʻtgan. Jondor— Buxoro, Jondor—Qorakoʻl yoʻnalishlarida avtobuslar qatnaydi. Jondorda 2 umumiy taʼlim maktabi, 2 iqtidorli bolalar litseyi, internat maktabi, 2 kutubxona, jamoatchilik muzeyi, markaziy kasalxona mavjud. Jondorda 1941—45 yillardagi urush qatnashchilariga yangi majmua barpo etilgan (2001)


Download 53.16 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page