Poʻloti - poʻlatdan qilingan ma’nosiga ega boʻlib, toponimda kasbga ishora mavjud. Oʻzbek urugʻlari ichida shu nomdagi qabila ham boʻlgan.
Doʻqqi – Buxoro shevasida yoʻgʻon, besoʻnaqay narsaga, hatto odamga nisbatan ham qoʻllanilgan atama
Rabotioʻgʻlon – oʻgʻlonrabot. Oʻgʻlonlar istiqomat qilgan rabot.
Hazorman - hazor, ya’ni ming soʻzidan olingan.
Man – tarixiy ogʻirlik oʻlchovi birligi. “Ming man” ma’nosida. ] ]
Shodila -shodilar deb talaffuz qilinsa, shod-xurram boʻlib yuruvchilar ma’nosini beradi.
Gulobod – gullarga boy, obod manzili
Zangi - zangi arabchada “qora” ma’nosini anglatadi. Ushbu nomda toponimning tabiiy geografik oʻrniga ishora mavjud.
Dehmun - deh, ya’ni “qishloq” ma’nosida.
Koʻcha – shahar yoki qishloq ichidan oʻtgan uzun yoʻl. Ikki qishloqni tutashtirgan yoʻl ustidagi manzil.
Qalluq – mazkur toponim yuzasidan ikki xil versiyani ilgari surish mumkin. Birinchisi, ushbu toponim “qarluq” etnotoponimining buzilgan shakli boʻlishi mumkin. Ikkinchisi, “qalliq” soʻzidan olinganligi ehtimoldan xoli emas.
Shoʻrobodmahalla fuqarolar yigʻini Shoʻrobod – shoʻri yuvilib, obod qilingan manzil.
Yovonbolo – yuqori yovon (dala) ma’nosida.
Dala yuqorisida joylashgan qishloq.
Yuqori Arabxona – etnotoponim. Ikki katta qishloqdan iborat Arabxona qishlogʻining yuqori qismi.
Umarxoʻja – onoma. Shaxs nomidan olingan joy nomi.
Rahimobod – onoma. Shaxs nomidan olingan joy nomi.
Tangosha -tong osha deb talaffuz qilinsa, “tong oʻtib” ma’nosini beradi.
Qozikenti mahalla fuqarolar yigʻini Qozikenti - qozi qishloq. Qozi yoki qozilar qishlogʻi.
Xosakor – maxsus ekinlar ekiladigan mavze.
Janafar – etnotoponim. Turkiy qavmlardan biri nomidan olingan.
Qirgʻichi – qoshiqqa oʻxshash temir asbob boʻlib, u bilan qovoq va qovunlarning ichi qirilgan. Shu turdagi asbob yasovchi ustalar qishlogʻi.
Boloiob - suv (ariq, daryo) yuqorisida joylashgan mavze ma’nosida. Qishloqcha – boshqa atrof qishloqlarga nisbatan kichik, moʻ’jaz, lekin mustaqil turmush tarziga ega qishloq.8 Koʻsalar – etnotoponim. Urugʻ nomidan olingan. Qoʻngʻirot, yuz, turkmanyuz kabi qabilalar tarkibida uchraydi1 . Fargʻona, Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari hududida ham yashagan
Xumin - agar ikki qismdan iborat joy nomi deb talqin qilinadigan boʻlsa, “xum” va “in”soʻzlaridan tarkib topgan va “inga oʻxshash xum” yoki “xumdek in” ma’nolarini beradi deb hisoblash mumkin.