Ketmondoʻgʻdi – 1926-yilda tuzilgan “Xalq turadigan joylarning roʻyxati”da Ketmoni Dovudi (داودی کیتمنی (nomi ostida qayd etilgan. Toponimning aynan Ketmoni Dovudi deb nomlanishi uning tarixiy-ijtimoiy ma’nosiga mos keladi. Zero, toponim mazmunida temirchilik kasbi bilan shugʻullangan Dovud paygʻambar va bir paytning oʻzida podsho tomonidan yasalgan ketmonga majoziy ishora mavjud. Oʻrta asrlarda bu qishloq ahlining Dovud paygʻambarnikidek mustahkam mehnat quroli - ketmon yasashga ixtisoslashganligi ushbu toponimni vujudga kelishiga asos boʻlgan degan toʻxtamga kelish mumkin. Ayni paytda bu qishloqning Ketmondoʻgʻdi deb atalishi davr oʻtishi bilan nomining oʻzgarishga uchraganidan dalolat beradi. Demak, ushbu toponim Ketmoni Dovudi tarzida yozilishi va talaffuz qilinishi kerak.7 3.Aholining kasb- korini aks ettiruvchi toponomlar va boshqalar Haftrabot- yetti (yettinchi) rabot yoki yetti rabotdan iborat qishloq.
Denov - keng tarqalgan toponim. Dehinav tarzida toʻgʻri talaffuz qilinishi va yozilishi kerak. Ma’nosi “yangi qishloq”.
Murgʻak – mitti, kichkina qishloq ma’nosida. Katta qishloqlar oʻrtasida joylashgan kichik, mustaqil turar joy.
Burjoq – “burchak” soʻzining oʻzgargan shakli boʻlishi mumkin. Burchakdagi, chetdagi qishloq ma’nosida.
Joʻyzar – lugʻaviy ma’nosi “tilla ariq”. Suvi zarga teng, qadrli ariq ma’nosida.
Qoʻshrabot – ikki rabotdan iborat qishloq, rabot. Xumdonak – xumdoncha ma’nosini beradi. Xumdonlar yasash bilan shugʻullanuvchilar yashagan qishloq. Koʻliyon- koʻlliklar yoki yon tomondagi koʻl ma’nolarini beradi.
Ushot - uch ot soʻzining buzilgan shakli boʻlishi mumkin.
Madamboy – onoma. Shaxs nomidan olingan. Aslida Muhammad Aminboy, yoki Madaminboy boʻlishi kerak.
Eskiyon – “eskilar” ma’nosini beradi. Qadimdan aholi yashab kelgan koʻhna qishloq nazarda tutilgan.
Oqxoʻja – “katta xoʻja” ma’nosini bildiradi. Nufuzli, obroʻ e’tiborli xoʻjalar yashayotgan qishloq nazarda tutilib tarkib topgan toponim.