Tayanch soʻz va iboralar: rayonlashtirish, hudud, ma’nosini bildiradi, jonzotlar makoni, ramziy qadamjo, toponim, qoʻrgʻon, qal’a, rabot, istiqomat joyi, aholi turar joyi, etnotoponim, qavm, tarixiy davr, arab tili, migratsiya, buzilgan shakl, oʻzgargan shakl, onoma, arxeologik yodgorlik.
1.Jondor tuman tarixi haqida umumiy ma’lumot
Jondor tumani - Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi tuman. 1935-yil 17 yanvarda tashkil etilgan. 1962-yil 24 dekabrdan Buxoro va Romitan tumanlari tarkibida boʻlgan. 1967-yil 9 yanvarda qayta tuzilgan. Jondor tumani janubiy-gʻarbdan Olot, Qorakoʻl tumanlari, sharq va shimoliy-sharqdan Buxoro, Romitan, Peshku tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 5,17 ming km2. Aholisi 123,7 ming kishi (2001). Jondor tumanida 1 shaharcha (Jondor), 13 qishloq fuqarolari yigʻini (Aleli, Dalmun, Lolo, Mirzayon, Navrabot, Oqshix, Romish, Poʻloti, Samonchuq, Sepatta, Xumdanak, Xumin, Qorali) bor. Markazi — Jondor shaharchasi. Jondor tumanida toʻrtta yirik tarixiy obida mavjud: Mahmud Torobiy daxmasi (13 a.), Varaxsha yodgorligi (7 a.), Shaxri Islom qalʼasi, Qizbibi meʼmoriy majmuasi (16 a.). 1935-yildan "Jondor ovozi" gazetasi chop etiladi. Tuman hududidagi obikor yerlar dastlab Zarafshon daryosidan sugʻorilgan. Amu-Buxoro mashina kanalining, ayniqsa Jondor tarmogʻining ishga tushirilishi tufayli hozirgi kunda Amudaryo suvi bilan taʼminlanadi. Vohadagi obikor yerlarning tuprogʻi madaniy oʻtloqi, boʻz tuproqlar (baʼzi joylarda bu tuproqlar shoʻrlangan). Choʻl qismini qumli, gipsli, gilli, qumli choʻl, qoʻngʻir tusli sur, taqir, taqirli na shoʻrxok tuproqlar egallagan. Jondor (جاندار (atamasi “tirik, tirik mavjudod” ma’nosini bildiradi1 . Tuman hududining qadimda turli jonzotlar makon qurishi uchun qulayligi ushbu toponimning vujudga kelishiga asos boʻlgan. Tuman hududi qadimgi va oʻrta asrlar tarixiga boy maskan. Dovud alayhisalomning ramziy qadamjosi shu tumanda joylashgan va hanuzgacha muqaddas ziyoratgoh sifatida e’zozlab kelinadi. Islomdan oldingi davr yodgorligi sanalmish Varaxsha qoʻrgʻoni qadimgi madaniyat izlaridan bahs yuritadi. Varaxsha nomi asosan islomdan keyingi davr yozma manbalarida tilga olinadi. Jumladan, Narshaxiy, Ibn Havkal buxorxudotlarning saroyi boʻlmish Varaxsha toʻgʻrisida asosiy ma’lumotlarni qoldirishgan. Musulmon manbalarida aynan shu nom ostida tilga olinishi uning X asrdayoq mustaqil toponim boʻlib shakllanganini koʻrsatadi. Varaxsha va uning nomi toʻgʻrisida boshqa oʻrta asr mualliflaridan farqli oʻlaroq Narshaxiy muhim ma’lumotlarni qoldirgan. Bu borada Ibn Havkal xizmatlari ham e’tiborga sazovor. U oʻzining “Surat ul-arz” (Yer surati) kitobida Varaxsha toponimi xususida soʻz yuritib, uni bir joyda “Baraxsha”2 (برخشه (deb qayd etsa, boshqa erda “Faraxsha”3 (فرخشه (shaklida beradi. Narshaxiy esa 1toponimni bir xil, ya’ni Varaxsha shaklida qayd etadi1 . Varaxsha toponimi ikki komponentli - var “qoʻrgʻon, qal’a” va axsha yoki axshi qabilasi nomidan tarkib topgan, degan fikrlar mavjud2 . Jondor tumanidagi tarixiy voqealardan guvohlik beruvchi qal’alardan biri bu Tarob qal’asi boʻlib, 1238-yilda moʻgʻullarga qarshi boʻlib oʻtgan xalq harakatining rahbari Mahmud Tarobiy shu yerdan. Tarob qal’asi ushbu harakatning markazi edi. Diqqatga sazovor yodgorliklardan yana biri Qizbibi me’moriy majmuasi hisoblanadi. Qizbibi ismli avliyo ayol qabri atrofida XVIII asrda barpo etilgan masjid-xonaqoh, maqbara, chillaxona, hujralar, keyinchalik ochilgan hovuz Mustaqillik yillarida ta’mirlanib, goʻzal, fayzli ziyoratgohga aylantirildi3 . Ushbu maskan toponimga aylanib, Qizbibi nomi ostida xalk ongi va tilida mustahkam oʻrnashib oldi. “Daxmai shohon” nomli asar muallifi, oʻrta asr shoiri, tazkiranavis Mirzo Sodiq munshiyning ijodiy iste’dodi oʻz yurti Jondorda shakllandi va kamol topdi. Jondor tumani hududi amirlik davrida Xayrobod va qisman Somjin deb atalgan. Tuman janubiy-gʻarb tarafdan Qorakoʻl, shimolda Rometan, sharqda Buxoro tumanlari bilan chegaradosh.
Tabiati. Jondor tumani Buxoro vohasida Zarafshon daryosi quyi oqimining shim.gʻarbida, choʻl zonasida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislik, qisman botqoq va shoʻrxoklar ham bor. Hududining qolgan qismi choʻl (Urganchchoʻl va Oʻrtachoʻl) yaylovlaridan iborat. Tekisliklar bagʻrida aloxida doʻngliklar (Uchbosh, Shoʻrquduq) uchraydi. Iqlimi keskin kontinental, choʻl iqlimi. Baʼzan, Urganchchoʻldan garmsel esib turadi. Vegetatsiya davri 218 kun. Bahor sernam, yoz uzoq davom etadi, serquyosh, QURUQ, jazirama issiq, kuz qisqa va qishi iliq, baʼzan ayozli. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0—0, G, iyulniki 28—30. Yillik oʻrtacha t-ra 15—16ʻ. Minimal t-ra —27ʻ, maksimal t-ra 45ʻ. Yillik yogʻin qariyb 125—130 mm, aksariyat qismi fev. —mart oylariga toʻgʻri keladi. Tuman hududidagi obikor yerlar dastlab Zarafshon daryosidan sugʻorilgan. Amu-Buxoro mashina kanalining, ayniqsa Jondor tarmogʻining ishga tushirilishi tufayli hoz. kunda Amudaryo suvi bilan taʼminlanadi. Vohadagi obikor yerlarning tuprogʻi madaniy oʻtloqi, boʻz tuproqlar (baʼzi joylarda bu tuproqlar shoʻrlangan). Choʻl qismini qumli, gipsli, gilli, qumli choʻl, qoʻngʻir tusli sur, taqir, taqirli na shoʻrxok tuproqlar egallagan. Yovvoyi oʻsimliklardan daryo terrasa va qayirlarida qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulgʻun, shoʻrxok yerlarda pashmakshoʻra, oqshoʻra, qumli choʻllarda oq saksovul, boyalich, quyonsuyak, selin, astragal va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qumli choʻlda sudraluvchi va kemiruvchilar, qushlardan qirgʻovul, loyxoʻrak, soʻfitoʻrgʻay, zargʻaldoq chumchuq va b. yashaydi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar (95,6%); shuningdek, rus, tojik, qozoq, turkman va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 kmg gʻa 24 kishi toʻgʻri keladi, vohada esa 250 — 300 kishiga yetadi. Aholining 93% qishloqlarda yashaydi.
Xoʻjaligida yetakchi tarmoq q. x. dir. Asosan, paxta ekiladi. Chorvachilik, polizchilik, pillachilik ham rivojlangan. Tokzor va mevazorlar bor. Oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari mavjud boʻlib, ularning aksariyati tuman markazida joylashgan. Plastmassa, vino, konserva z-dlari, non, SuT k-tlari, Navoiy jamoa xoʻjaligi hududida Buxoro paxta tozalash z-dining filiali, «Xadan» (Oʻzbekiston — Xitoy) qoʻshma korxonasi mavjud. Tumanda jamoa, shirkat, ijara, dehqon, fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatmokda. Sugʻoriladigan yer maydoni 28,2 ming ga. Shu jumladan donli ekinlar 7,5 ming ga, texnika ekinlari 17,5 ming ga, kartoshka, poliz, sabzavot 1,3 ming ga, yem-xashak 1,9 ming ga yer maydonini egallaydi (1999). Chorvachilik goʻsht-sut va jun-teri yetishtirishga ixtisoslashgan. Jondor tumani xoʻjaliklarida 45,4 ming qoramol, 105,3 ming qoʻy va echki, 35,8 ming parranda boqiladi. Oʻrmon xoʻjaligi 66,4 ming ga maydonda joylashgan. Bu yerda koʻchat yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Qumli joylarida, asosan, saksovul, qandim, cherkez oʻsadi.
Keyingi toʻrt yilda tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tub ijobiy oʻzgarishlar, jumladan, maktab binolarining ta’mirlanishi, qishloq xoʻjaligida klaster tizimining joriy qilinishi, koʻplab issiqxona va sanoat korxonalarining ishga tushirilishi aholi turmush darajasining oʻsishiga xizmat qilmoqda.
1 Denov 2 Samonchuq 3 Murgʻak 4 Xumdonak 5 Koʻliyon 6 Ushot 7 Istiqlol 8 Poʻloti 9 Oromgoh 10 Hazorman 11 Zangi 12 Demun 13 Shoʻrobod 14 Xumin 15 Qozikenti 16 Boloiob 17 Qalmoq 18 Qaroli 19 Yangiobod 20 Dovud 21 Xoʻjaxayron 22 Eronshoh 23 Pahlavon 24 Nurafshon 25 Tobagar 26 Chorzona 27 Darveshi103 28 Mustaqillik 29 Qarovul 30 Oytoʻgʻdi 31 Pochchoyi 32 Bahoriston 33 Aleli 34 Rabot 35 Obod 36 Jondor 37 Oxshix 38 Namgoni 39 Qovchin 40 Romish 41 Qazoqon 42 Oqtepa 43 Ibn Sino 44 Luqmon 45 Oydin 46 Dalmunobod 47 Mirzayon 48 Yosh kuch 49 Navgadi Jondorning sisщdcha siyosiy tarixiJondor tumani Buxoro viloyatining qadimiy maskanlaridan biri bo’lib, uning tarixiy-geografik jixatdan shakIllanishi va rivojlanib borishi Zarafshon daryosibilan bogliqdir. Bu daryo bir necha ming yillar davomida otib, o’zining quyi qismini obi-xayot bilan taʼminlashi barobarida o’tkazib kelgan Buxoro voxasini xam shakllIantirgan, bu yerda ilk dexqonchiIik madaniya tining paydo bo’lishiga asos yaratgan. Misr Nil daryosining farzandi bo’lgani singari Bu orol voxasi Zarafshonving farzandi, uning xosiIasidir. Zarafshon vohasida aholining ko’payishi va urbanizatsiya jarayoni shu o’lka tabiiy sharoitiga bog lish suratda davom etgan. Arxeolog oli}rlarning tadqikotlariga ko’ra, bu jarayon Zarafshon daryosining tomonida, uninr sertarmok irmok va o’zanlari atrofida ancha erta boshlanran. Zarafshonning irmosJIari bUl gan Vobkentdaryo, Moxondaryo, G}jyli va Gur.push }zan larining yotsarrari aynan sozirgi Jondor tumani sudud lari bo’lib, bu yerdan enolitdan boshlab ovchi-baliqchilik qabilalar kelib o’rnashgan. Miloddan avvEtlgi II ming yrshlikning oxiri – I ming yrshlikning boshlarida Urta Osiyoning dapshlikyerlarida yashayotgan atsoli xayotida sodir b}lganidek, ý yi Zarafshon vodiysida xam chorvachilik xojaligi tezrivojJIangan. Щaryo b}ylarining dexdonchilik uchun ltulay joylarida yarim kfchmanchi chorvadorlarning maʼJIum kis mi trgrosgrapribo yangi-yangi dexson jamoalari shakJIlana boshlagan. Bu zamonda Moxondaryo, Gurdush va jayli O’zanlari surib solib, axoli xozirgi Buxoro voxasiniEg shimoliy va shimoli-garbiy kismlariga sarab siljigan.Shu lavrla Zarafshon vodiysida soE-sanossiz soy etakJIarida, chashmalardan xosil b}lgan sizot suvlari yokalarida Ugrok dexkon jamoalarining kishlokJIaripaydo bo’laboshlagan, urbanizatsiya jarayoni ry"lyib borib qadimgi Sugd madaniyatining shakJIlanishiga olib kelgan. Sanoat salohiyatini yanada kengaytirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal qurish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish, aholining bandligi va daromadlarini oshirish asosida Buxoro viloyatining Jondor tumanini kompleks rivojlantirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2018-2019-yillarda Buxoro viloyatining Jondor tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin:
2018-2019-yillarda Buxoro viloyatining Jondor tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining moliyalashtirish manbalari muvofiq; oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari, shuningdek qurilish materiallari, yengil sanoat va boshqa sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, yangidan barpo etish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatga muvofiq; xizmatlar sohasi va servis infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatga muvofiq; qishloq xo‘jaligi sohasining yanada barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati muvofiq;muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal qurish dasturining asosiy ko‘rsatkichlari muvofiq;
ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati muvofiq;
qishloq xo‘jaligi sohasida yer maydonlaridan oqilona foydalanish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini yaxshilash bo‘yicha manzilli ro‘yxati muvofiq.
vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan butlash va loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqib tasdiqlasin.manfaatdor davlat va xo‘jalik organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan dastur parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin va bunda investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutsin;
2 muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va zarur amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.
3. Buxoro viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda, loyihaning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatiga, zaruratga ko‘ra, o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zshaharsozlik LITI” DUK va Buxoro viloyati hokimligi 2019-yilning 1-noyabriga qadar Jondor tumani markazining bosh rejasini ishlab chiqsin hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturini shakllantirishda ushbu qarorda nazarda tutilgan markazlashgan manbalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, shu jumladan, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qaroriga muvofiq, belgilangan tartibda jamg‘arma kuzatuv kengashining ijobiy qaroriga asosan kiritilishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Dasturga kiritilgan obyektlar loyiha-smeta hujjatlarining sifatli davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomalar “davlat xizmatlari” markazlari orqali qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda berilishini ta’minlasin.
7. “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda chora-tadbirlar doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi ishlab chiqarish korxonalarining tabiiy gaz va elektr uzatish tarmoqlariga o‘z vaqtida ulanishiga texnik shartlar berilishini hamda ularga o‘rnatilgan tartibda resurs va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda yetkazib berilishini ta’minlasin.
8. Buxoro viloyati va Jondor tumani hokimliklari har chorak yakunida:
Dastur tadbirlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini viloyat va tuman faollari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqsinlar;
Vazirlar Mahkamasiga Dasturning bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etib borsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Buxoro viloyati hokimi O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin. Jondor tumanida 52 umumiy taʼlim maktabi (30 ming oʻquvchi), litsey, sanatoriy-internat, musiqa maktabi, iqtidorli bolalar internati, 42 kutubxona, madaniyat uylari, 2 muzey bor. Tumanda 365 oʻrinli kasalxona, 20 qishloq vrachlik punkti, 12 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 1 poliklinika va feldsher-akusherlik punkti boʻlib, ularda 194 vrach xizmat qilmoqda. Tuman hududidan Buxoro—Turkmanobod xalqaro avtomagistrali oʻtadi2
Share with your friends: |