Mavzu: Jondor tuman toponomikasi. Reja



Download 53.16 Kb.
Page4/11
Date21.07.2022
Size53.16 Kb.
#59218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Maruf.E
Obod Chigʻatoy - Chingizxon oʻgʻillaridan biri Chigʻatoyga tegishli ulus – Movarounnahrda koʻp uchraydigan joy nomi. (Toshkent shahridagi Chigʻatoy qabristoni nomi chingiziylardan qolgan). Hozirgi koʻrinishda chigʻatoylar obod qilgan manzil ma’nosini beradi.
Qoʻhna Urganjiy – yuqorida ta’kidlanganidek, Buxoro vohasiga Urganchdan koʻchib kelgan aholiga nisbatan “urganjiylar” atamasi ishlatilgan. Urganch tomonlardan koʻchib kelgan aholi yashagan manzil. Urganchlik aholi bir qismining Buxoro vohasiga koʻchib oʻtishi ikki bosqichni oʻz ichiga oladi. Muhammad Xorazmshohning Malik Sanjar qoʻzgʻolonini bostirish uchun 1206-yil Buxoroga yurishi davrida kelib qolgan urganchlik aholi. Ikkinchi bosqich, XVII asrda Xiva xoni Abulgʻozi Bahodirxon va Anushaxon hujumlari davrida vohada oʻrinlashgan urganchliklar.
Lakki – 1926-yil tuzilgan roʻyxatda Lak-lak tarzida qayd etilgan. Lak soʻzi “yuz” ma’nosini beradi.
Jigʻachi - “jivachi” atamasining oʻzgargan shakli. Jiva, ya’ni sovut kiyib yuruvchi otliq va piyoda askarga nisbatan qoʻllanilgan. Jivachi Buxoro amirligida mansab pillapoyasining toʻrtinchisi hisoblangan .
Qiyos – qiyot etnotoponimining oʻzgargan shakli. Qiyot oʻgʻuzlar tarkibidagi qadimgi turkiy qabilalardan biri. VIII-X asrlarda Dashti Qipchoqda yashab, chorvadorlik bilan shugʻullanganlar. XI asrda Oʻgʻuzlar davlatining emirilishi oqibatida qiyotlar boʻlinib ketadi va katta qismi hozirgi Turkmaniston hududi tomon siljib, mahalliy xalqlar tarkibiga singib ketadi. Boshqa qismi Bolqon yarim oroliga kelib oʻrnashib oladi. Qoraqalpoqlar tarkibidagi qiyotlar uchtamgʻali, taroqli, bolgʻali kabi boʻgʻinlarga boʻlingan. Qiyotlar Qashqadaryoning yuqori oqimi, Xorazm va Buxoro vohalari, Zarafshonning oʻrta oqimidagi hududlarga tarqalgan. Orgʻun – etnotoponim. Argʻun qabilasi vakillari yashagan qishloq. Argʻun, argʻin qadimgi urugʻlardan birining nomi. Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻati-t-turk”1 asarida argʻu tarzida uchraydi. Ular oʻtmishda Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm hududlarida yashagan.

Download 53.16 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page