Qalmoq – etnotoponim. Qalmoqlarning bir qismi moʻgʻullar istilosi davrida Oʻrta Osiyoga kelib qolgan va mahalliy aholi tarkibiga singib ketgan.
Xorsafed - oq tikan ma’nosida. Oq tikanli mavzeda joylashgan qishloq. Qaroli - qaroli, qora olu (olchazor) ma’nosida.
Kulonchi - kulon (jonivorni) ovlovchilar, yoki yetishtiruvchilar qishlogʻi. etnotoponim sifatida ham uchraydi. Kulonlar, ya’ni otdan kichik, eshakdan kattaroq hayvon turi – xachirlar koʻp uchraydigan joy. Bu hayvonlarning qoʻlga oʻrgatilgan xillaridan oʻtmishda minish va yuk tashish maqsadida foydalanilgan.
Ogʻar - “koʻlmak” ma’nosini beradi. Sel yogʻib oʻtgandan soʻng yerning har qayer-har qayerida hosil boʻladigan koʻlmakka nisbatan qoʻllanilgan. Toponim oʻsha joyning geografik va tabiiy xususiyatini aks ettirgan, deb hisoblash mumkin.
Bolin– yostiq, shuningdek, ot egarining ostiga qoʻyiladigan maxsus yumshoq mato. Bolin tikuvchi aholi qishlogʻi.
Dovud - Dovud paygʻambar qadamjosi nomidan kelib chiqqan. Tumanda shu nomdagi ziyoratgoh bor
Xoʻjaxayron – xayrli, yaxshi niyatli va amalli xoʻjalar qishlogʻi. Askarcha – askarlar yashagan qishloq ma’nosida. Eronshoh mahalla fuqarolar yigʻini Eronshoh – 1740 yil Buxoroni istilo qilgan eron shohi Nodirshoh afshor nomi balan bogʻliq boʻlgan toponim boʻlishi kerak. Buxoro shahri va Buxoroning janubiy – gʻarbiy hududlarida eroniy qavmiga mansub aholi yashagan. Ularning migratsiyasi, aniqrogʻi majburiy koʻchirish asosan amir Shohmurod (1785- 1800) zamonida roʻy berdi. Yakkatut – bir tutli mavze ma’nosida.
Boʻribogʻi – onoma sifatida talqin qilinsa, Boʻri ismli shaxsga tegishli bogʻ ma’nosida iste’molda boʻlganligi ma’lum boʻladi.
Moxon – aslida mohon, fors-tojik tilidagi “oy, oylar” soʻzi asosida tarkib topgan toponim boʻlgani ehtimol. Muhammad Narshaxiy Buxoroda Mox ismli podshoh oʻtganligini yozadi. Bunday holatda Moxon etnonimga aylanadi. Hozirda Moxonkoʻl nomi bilan tilga olinadigan massivda qator arxeologik yodgorliklar mavjud. Varaxsha arxeologik yodgorligi