Kurs ishining ob’yekti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida algebra kursini o’qitish jarayoni.
Kurs ishining ob’yekti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida algebra kursini o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Planimetriya kursini o‘qitishda pedagogik texnologiyalar va innovatsion texnologiyalarni qo’llash asosiy tushunchalari, shakl va va vositalar.
Kurs ishining vazifalari.
-Mavzuga oid ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik adabiyotlarni o‘rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish;
- To`plamlar mavzusini o‘qitishda pedagogik texnologiyalar va innovatsion texnologiyalarni qo’llash asosiy tushunchalari o’rganish orqali uning dolzarb muammo ekanligini ko’rsatish;
- To`plamlar mavzusini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarni mustaqil ishlarini
tashkil etish texnologiyasi keltirish.
Kurs ishi tuzilishi: Kirish, 2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 32 betni tashkil etadi.
Otilgan buyumning otuvchiga qaytib kelishini ta`minlovchi o`roqsimon otish bumerang deyiladi. Ta`limda bumerang metodining ma`nosi pedagog tomonidan tashlangan muammoli masala yoki mavzuning talaba-o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilgan holda o`qituvchiga og`zaki yoki yozma shaklda qaytishidan iborat.
Bumerang texnalogiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g`oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og`zaki shakllarda bayon qilish ko`nikmalarini rivojlantiradi.
1.2 Bumerang texnalogiyasi asosida o`qitish
1.Darsda o`rganiladigan mavzuning rejasida 4 ta mavzucha bo`lsa,
auditoriyadagi talabalar ham 4 guruhga ajratiladi. Rejadagi birinchi mavzucha o`qituvchi tomonidan tayyorlangan javoblari bilan birinchi guruh talaba-o`quvchilarining har biriga taqdim etiladi. Shu tariqa rejadagi boshqa mavzuchalar ham javoblari bilan birgalikda o`ziga mos raqamdagi guruhlarning talaba-o`quvchilariga tarqatiladi. Har bir guruhdagi talabalar o`zlariga javoblari bilan taqdim etilgan bitta mavzuchani o`qituvchi tomonidan belgilangan reglamentda o`rganib chiqishadilar.
2.Shundan keyin 4 guruh talaba-o`quvchilari aralashtirilib, yangi tarkibdagi 4 guruh tashkil etiladi. Bu yangi guruhlarning har birida dastlabki 4 guruhlarning barchasidan bir nechtadan talaba-o`quvchilarning ishtirok
etishiga erishiladi. Natijada butun o`quv materialini yaxlit jamoa bo`lib o`rganish imkoniyati tug`iladi. Muhimi, talaba-o`quvchilarda o`quv materialini mustaqil o`rganish, hamkorlikda ishlash, bilganlarini boshqalarga tushuntira bilish ko`nikma va malakalari shakllanadi.
3. O`qituvchi tomonidan belgilangan reglamentda mavzuni jamoa bo`lib
O`rganish yakunlangach, talaba-o`quvchilar dastlabki guruhlariga qaytishadi va savol-javoblar boshlanadi. O`qituvchining tashkilotchiligi asosida savollar boshqa guruhlar tomonidan bitta jamoaga beriladi. Jamoa ichidan o`zlari tanlagan bir talaba-o`quvchi sheriklarining to`plagan ballarini yozib, jamlab, natijalarini o`qituvchiga topshiradi. Barcha guruhlar shu tarzda savol-javobdan o`tkaziladi. Bunda qo`yilgan savolga to`g`ri javob bergan talaba-o`quvchiga 3 ball, to`g`ri qo`shimcha qilganga 2 ball, to`g`ri replika qilganga 1 ball, umuman fikr bildirmaganga 0 ball qo`yiladi.