Ta`limiy maqsad: O`quvchilarda to`plamlar nazariyasining asosiy tushunchalari haqida yangi ilmiy-nazariy bilimlarni yetkazish va bu tushunchalar haqida to`la tasavvur hosil qilish qobiliyatini shakllantirish;
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ularda do`stlik tuyg`ularini shakllantirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mavzu bo`yicha bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish.
I.Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish, o`quvchilar bilan salomlashish, sinf xona tozaligini tekshirish, navbatchi axborotini tinglash, kun yangiliklari bo`yicha suhbat, kun hikmati eslatib o`tiladi:``Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo`lib o`tirish, taraqqiyot yo`lidagi eng katta g`ovdir``.
II.O`tgan mavzuni takrorlash: 9-sinfda o`tilgan mavzularni takrorlash, aqliy hujum va zig-zak metodlari yordamida ularni so`rash.
*Burchak sin, cos, tg, ctg deb nimaga aytiladi?
*Burchak sin, cos, tg, ctg deb nimaga aytiladi?
*Qo`shish formulalarini oid misollar keltiring.
*Ikkilangan burchak formulalarini keltiring.
*Arifmetik progressiya deb nimaga aytiladi?
*Arifmetik progressiyaning dastlabki n ta hadining yig`indisi formulasini ayting.
*Geometrik progressiya deb nimaga aytiladi?
*Geometrik progressiya dastlabki n ta hadining yig`indisi formulasini ayting.
III.Yangi mavzuni tushuntirish: Yangi To`plamlar mavzusi slayd orqali o`quvchilarga tushuntiriladi. To`plam matematikaning boshlang`ich tushunchalaridan bo`lib, uni o`zidan soddaroq tushunchalar orqali ta`riflab bo`lmaydi. Turmushda ma`lum obyektlar majmuasini bir butun narsa deb qarashga to`g`ri keladi. Aytaylik , biologiya biror o`lkadagi o`simliklar va hayvonot dunyosini o`rganar ekan u jonzotlarni turlar bo`yicha, turlarni esa urug`lar bo`yicha sinflarga ajratib chiqadi. Har bir tur yaxlit bir butun deb qaraladigan jonzotlar majmuasidir.