A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: mavjud texnika vositalari, tarqatma materiallar.
VI. Dars turi:_________________________________________
VII. Dars usuli:_______________________________________
VIII.Darsning borishi
IX.Darsning rejasi:
1. Fe'l haqida ma'lumot.
2. Fe'lning gapdagi o’rni haqida.
O’qituvchi dars boshlagach, quyidagi so’zlar yozilgan tarqatma materiallarni o’quvchilarga beradi: ishladim, o’qidim, o’yladim, yozdi, bordi, kelayapti, bajarayapmiz va boshqalar. O’quvchilar bu so’zlar ishtirokida og'zaki usulda gap tuzadilar. Mazmunli tuzilgan gaplar sinf taxtasiga yozdiriladi.
O’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:
1. Tuzgan gaplaringizda harakat va holat bildiruvchi so’zlar bormi?
2. Ular qaysi so’roqlarga javob bo’ladi?
O’quvchilarning javoblari xulosalanadi va nazariy ma'lumotlar beriladi.
264-mashq sharti bo’yicha bajartiriladi va o’quvchilarning diqqati tabiatni asrash hammaning burchi ekaniga tortiladi. Shu o’rinda o’quvchilar o’z mulohazalarini bildirishi mumkin. Bu bilan o’quvchilarning og'zaki nutqi qay darajada ekanini, fikrlash doirasining darajasini, so’z boyligini, matn hosil qilish ko’nikmasini aniqlash ham mumkin.
265-mashq ham shu usulda bajartiriladi.
266-mashqni bajarish orqali o’quvchilarning so’zboyligi, mustaqil fikrlash ko’nikmalari rivojlanadi. Ular nuqtalar o’rniga gapning mazmunidan kelib chiqib kerakli fe'llarni qo’yadilar va ularga tavsif beradilar. Namuna: Maktab o 'quvchisi qanday bo'lishi lozimligini . . . ? Maktab o 'quvchisi qanday bo 'lishi lozimligini bilasizmi?
X. Lirik chekinish. ( )
Share with your friends: |