O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va innovatsiyar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti



Download 344.86 Kb.
Page1/11
Date27.01.2024
Size344.86 Kb.
#63350
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishimm
newspaper

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM
FAN VA INNOVATSIYAR VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BO`LIM BOSHLANGICH TA’LIM YO`NALISHIONA TILI O`QITISH METODIKASI FANIDAN


Mavzu:Boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash usullari
Bajardi: Qo`shoqboyeva O
Qabul qildi:_____________
Jizzax – 2023


MUNDARIJA
KIRISH ………………………………………………………………2
I bob. BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINI UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI………….………………….5
1.1 Umuminsoniy qadriyatlarning mohiyati va jamiyatdagi o‘rni …....5
1.2 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning prinsiplari va usullari ……………………………..8
1.3 Boshlang‘ich sinf o`qish darslarida o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning usul va vositalari ……………………………..10

II bob. BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINI UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI…………..14
2.1 O‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning mohiyati ……………………………………………………………..14
2.2 O‘quvchilarning umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash ishining tajriba-sinov natijalari …………………………………….22
2.3 O‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning ahamiyatli tomonlari va ularni izchil o`rganish……………………………………..25

XULOSA  ……………………………………………………………..29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………….32

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va jahon hamjamiyati tomonidan rivojlangan davlat sifatida o‘rin olish vazifasi qo‘yildi. Albatta yurtimizda jahon talablariga mos keladigan, har tomonlama rivojlangan, o‘z kasbini puxta egallagan, vatanparvar fidoyi insonlarni tarbiyalab etishtirishda ta’lim muassasalarida o‘qitishni yanada yuksak bosqichga ko‘tarish, uning tarbiya bilan uyg‘unligini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Barkamol insonni tarbiyalashda umumbashariy qadriyatlarimiz, ma’naviyat sohasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘tgan davr ichida mamlakatmiz rahbariyati tomonidan juda katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoev tomonidan 2019 yil 19 mart kuni ilgari surilgan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusni talabalar orasida keng joriy etish shular jumlasidandir.1
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash masalasiga e’tibor berilayotgan bo‘lsada, bu borada o‘z echimini kutayotgan muammolar talaygina. Tadqiqot ishlari, ilmiy izlanishlarda ko‘proq ta’limiy muammolar, yangicha o‘qitish texnologiyalari mavzulari ustida bahs yuritilmoqda. Aslida, o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash birinchi masala darajasiga olib chiqish, maqsadga muvofiqdir. CHunki jamiyat ravnaqi uchun faqat nazariy bilimlarga ega bo‘lgan, mexanik mashina singari vazifalarini bajaruvchi kasb egalari emas, balki, eng avvalo chuqur his-tuyg‘uli, yuksak ma’naviy- axloqiy fazilatlarga ega shaxslar zarur.

Download 344.86 Kb.

Share with your friends:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page