O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va innovatsiyar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti


Mavzuning o’rganilganlik darajasi



Download 344.86 Kb.
Page2/11
Date27.01.2024
Size344.86 Kb.
#63350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishimm
newspaper
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: O‘zbek xalqi tarixan o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash sohasida o‘ziga xos dorulfunun yaratgan. Bu borada xalq pedagogikasi boy tajribaga ega. Bugungi kundagi o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etishda uning o‘rni beqiyosdir.
Keyingi yillarda o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash an’analariga oid muammolar yuzasidan ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Pedagog olimlarimiz tomonidan yaratilgan bir necha risola, qo‘llanma, ilmiy-tadqiqot ishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. R.H.Jo‘raev, P.Holmatov, SH.SHaripov, B.Raximov, U.Nishonaliev, N.Saidaxmedov, O‘.Tolipov, S.Nishonova, R.Safarovalarning tadqqot ishlari shular jumlasidandir. O‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning usul va vositalari muammosiga bag‘shlangan tadqiqot ishlari ko‘plab uchrasada, ammo ular asosan katta yoshdagi o‘quvchi va talabalar o‘rtasida ushbu muammoning echimini topishga qaratilgan. Lekin, kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda qo‘llaniladigan usul va vositalar haqida yaxlit bir tadqiqot ishi qilingan deb bo‘lmaydi.
Ayniqsa, keyingi yillarda o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga nisbatan ta’limga e’tibor kuchayib bormoqda.

Kurs ishining maqsadi – Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashdan iboratdir.

Kurs ishining ob’ektini – Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash tizimi.

Kurs ishining predmetini – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonida qo‘llaniladigan samarali usul va vositalari etib oldik.
Mavzuning dolzarbligi, maqsadi, ob’ekt va predmetidan kelib chiqqan holda tadqiqot ishimizning quyidagi vazifalarini belgilab oldik:
  • boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning mazmuni, maqsad va vazifalarini aniqlash;


  • boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning qo‘llaniladigan samarali usul va vositalarini tasniflash;


  • boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali usul va vositalari ta’sirida kichik yoshdagi o‘quvchi shaxsini aniqlash yo‘llarining pedagogik shart-sharoitlarini nazariy va metodik jihatdan asoslash;


  • To‘plangan nazariy-metodik ma’lumotlar va tajriba-sinov natijalari asosida uslubiy tavsiyalari berish.



    Download 344.86 Kb.

    Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page