O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi buхoro dаvlаt tibbiyot instituti хаlq tabobati va kasb kasalliklari kаfedrаsi



Download 1.34 Mb.
Page74/99
Date14.03.2024
Size1.34 Mb.
#63864
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99
Xalq tabobati-2
    Navigate this page:
  • Shok
Hushdan ketish
Hushdan ketish bu - bemor hushining yo‟qolishi va kollaps bilan kechadigan holat hisoblanadi. Hushdan ketgan bemorda nafas olish funktsiyasi, Yurak faoliyati keskin pasayadi.
Qiska vaqt o‟tgandan so‟ng bu funktsiya normallashib, bemor hushiga keladi.
Etiologiya va patogenezi. Hushdan ketish ko‟pincha jismoniy zo‟riqishda, emotsional labillikda, astenik konstitutsiyali kishida kuzatiladi. Og‟ir ruhiy va jismoniy zo‟riqishda energiyaing qisqa muddatli funktsional buzilishiga olib keladi, energiya va qonning miyada harakati, YaN energiyaing oyoq qo‟lga harakatlanishi buziladi. Natijada hushdan ketish kuzatiladi.
Simptomatikasi. Hushdan ketish es hushning to‟satdan yo‟qolishi bilan namoyon bo‟ladi. Bemor yuzi oqaradi, qo‟l-oyoqlar sovuq bo‟ladi, mushaklar tonusi va arterial bosim pasayadi.
Qorachiqlar toraygan, puls ingichka, kichik, biroz vaqt o‟tgandan keyin bemor hushiga keladi. Ignaterapiya.
Davolash printsipi. Asosiy maqsad bemorni hushiga keltirish, energiya sirkulyatsiyasi va ruhiy holatini yaxshilashga qaratilgan.
Ta'sir etish nuqtalari: 26 VG, RS 86 (meridiandan tashqari).
Punktsiya harakteri: Igna sanchishda navbatma-navbat ignani aylantirish bilan ta'sir etiladi. Ta'sir bemor hushiga kelguncha qilinadi, keyin esa 36 E va 6 MC nuqtalariga ta'sir etiladi.
Nuqtalarning terapevtik effekti: 26VG, RS86 nuqtalari «tana yoriqlarini ochish», bemorni hushiga keltirish, 6 MC va 36 E nuqtalar ruhiy holatni yaxshilash, energiyaing funktsional holatini yaxshilash uchun qo‟llaniladi.
Aurikuloterapiya. Yurak, AR55, bo‟yrak usti bezi nuqtalariga ta'sir etiladi. Intensiv ravishda qo‟zg‟atiladi, igna koldirilmaydi.

Shok


Shok – bu o‟tkir patologik holat bo‟lib, qon umumiy hajmining birdaniga kamayishi bilan harakterlanadi. Klinikada arterial bosimning birdaniga pasayishi kuzatiladi. Sharq tabobatida «Kuet» (hushdan ketish, rangpar qo‟l-oyoqlarning sovishishi) va YaN yoki IN energiyaing yo‟qolishi sindromi shokning holatlaridan hisoblanadi.
Etiologiya va patogenezi. IN-energiya yo‟qolishi sindromida ko‟p terlash, qusish, tez-tez defekatsiya, tana suyuqligining kamayishi, defekatsiya yoki qusishda qon ketish kuzatiladi, bu esa YaN suyuqlikning kamayishiga olib keladi. YaN – IN energiya va qon bir-biriga bog‟liq, shuning uchun IN energiyaing susayishi YaN energiya kamayishiga, qon kamayishi esa tana suyuqligining ozayishiga, bu esa orttirilgan energiya susayishiga olib keladi, natijada YaN energiya yo‟qoladi.
Simptomatikasi. 3ta formasi tafovut qilinadi.

  1. Asosiy simptom-YaN energiyaing yo‟qolishi: rangparlik, ko‟p terlash, qo‟l va oyoqlarning sovishi, puls yuMChok, bo‟sh. Bu simptomlar bilan birga nafas olish susayishi, til shishishi, lablarning ko‟karishi kuzatiladi, sistolik bosim 80 mm.s.u. dan yuqori emas.

  2. Asosiy simptom–IN energiyaing yo‟qolishi: yuqoridagi simptomlarga chanqoqlik, bezovtalik, tilda oq karash bo‟lishi, puls kam va sust bo‟lishi qo‟shiladi. Odatda ko‟p qon yo‟qotilganda kuzatiladi. 3. YaN va IN energiya yo‟qolishi: koma holati, nafas deyarli yo‟q, puls aniqlanmaydi. Ignaterapiya.

Davolash printsipi. Energiya sirkulyatsiyasini normallashtirish va YaN energiyani tiklashga qaratilgan.
Ta'sir nuqtalari: 26 VG, 25 VG.
Qo‟shimcha: 36 E, 20 VG, 6 VS, 4 VC.
Nuqtalarning terapevtik effekti: 26 VG, 25 VG nuqtalarga energiya sirkulyatsiyasini me'yorlashtirishga, 36 E, 20 VG, 6 VS, 4 VC nuqtalarni kuchaytirish YaN energiya tiklashga qaratilgan.
Aurikuloterapiya. Buyrak usti bezi , AR 55, simpatik nerv sistemasi nuqtalariga ta'sir etiladi.

Download 1.34 Mb.

Share with your friends:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page