3.3. Gaz istе’moli notеkisliklarini mе'yorlash Gaz iste’moli notekisligi cho’qqilari (piklari - gaz iste’molining eng yuqori miqdori)ni me'yorlash uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
Gazni yer ostida saqlash (yer osti gaz omborlaridan foydalanish);
Suyultirilgan gaz (propan va butan) omborlaridan foydalanish;
Suyultirilgan tabiy gaz (metan) omborlaridan foydalanish;
Gaz konlari va magistral gaz quvurlarining o'tqazuvchanlik qobiliyatini oshiruvchi zaxiralarni hosil qilish;
Magistral gaz quvuri oxirgi qismining yig'uvchanlik xususiyatidan foydalanish;
Gazlarni yuqori bosimda quvurlarda saqlash.
Gazlarni gazgolderlarda saqlash.
Bu usullardan foydalanish har bir iste’mol xududi uchun o'ziga yarasha samaradorlikka ega bo'lib, ularni tanlash xududning gazlashtirilganlik darajasiga, shu xududda joylashgan sanoat korxonalarning ish faoliyatiga bog'liq bo'ladi. Axolini issiq suv quvvati bilan ta'minlovchi qozonxonalar va ishlab chiqarish korxonalardagi qozonxonalarni ikki turdagi yoqilg'i maxsuloti bilan ishlashga mo'ljallash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday yoqilg'i maxsulotlarni iste’mol qilishning bir turidan ikkinchi turiga o'tishi tezkor va qushimcha mablag'larsiz amalga oshirilishi kuzda tutiladi. Mavsumiy, oylik va xaftalik gaz iste’moli notekisliklari shuqqilarini qoplash uchun yer osti gaz omborlari va katta miqdordagi bufer iste’molchilardan foydalaniladi.
Bufer iste’molchilar sifatida yirik sanoat korxonalari, qozonxonalar, shu bilan birga bir vaqtning o'zida gaz ta'minoti tizimidan uzilishi mumkin bo'lgan gaz iste’molchilari xududi, ya'ni altyernativ yoqilg'i turiga o'tqazilishi mumkin bo'lgan iste’molchilar tushuniladi. Bundan tashqari gaz iste’molining yuqori chuqqilarida mayishiy hizmat ko'rsatish korxonalari ham gaz ta'minoti tizimidan uzulib, ular bunday korxonalar uchun maxsus tashkil etilgan suyultirilgan gaz (propan-butan) omborlariga ham ulanishlari mumkin.
Zamonaviy gaz ta'minoti tizimi, umumiy holda murakkab va qimmatbaho sanoat qurilmalari kompleksidan tashkil topgan bo'lib, u quyidagilardan iborat:
Gaz manbalari (gaz va gaz kondensati konlari);
Gazlarni qazib olish, tozalash va quritish jixozlari, shu bilan birga tashishga tayyorlash qurilmalari;
Gaz ta'minot tizimi uskunalari va qurilmalari uchun boshlang'ich kapital quyilmalarning ko'pligini, qurilmalarning murakkabligi, materiallar, metall va sementni ko'p talab etishi bilan xarakterlash mumkin. Bu tizimni bir me'yorda ishlatish katta mexnat va energiya xarajatlarini talab etadi. Tizimdagi barcha qurulma va ob'ektlar bir-biri bilan chambarchas bog'langan bo'lib, bu o'z navbatida tizimni tashkil etuvchi elementlarning bittasidagi texnologik jarayonning buzulishi, bu tizimga kiruvchi boshqa elementlarlarga ham so'zsiz ta'sir o'tqazadi. Bu tizimdagi har bir elementning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari bir me'yorda bo'lganidagina gaz ta'minot tizimining ishlash samaradorligi yuqori bo'ladi. Gaz ta'minot tizimidagi har bir elementning ishlash samaradorligi, uni ishlatish jarayonida tizimdagi barcha elementlar bilan hamjixatligi va texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlariga bog'liqdir. Gazni yer ostida saqlash turli maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin, ulardan asosiylari quyidagilardir: