3. Gaz manbalari va magistral quvur qo'rilmalarini bir maoromda ishlatish uchun sharoitlar yaratish: Yer osti gaz ombori mavjud bo'lmagan sanoat xududlarida, gaz ta'minot tizimi quvvatidan faqat 80-85 foizgagina foudalaniladi. Magistral quvur va gaz manbalarini o'rtacha yillik ishlab chiqarish quvvatida bir maromda ishlatilishi va o'rnatilgan quvvatdan foydalanish koeffitsientini birga yaqin bo'lgan holda ishlatilishida -gaz konidagi ishchi quduqlar soni va magistral quvur kompressor stantsiyalaridagi compressor agregatlarining umumiy sonini 15% gacha kamaytirish mumkin.
Yer osti gaz omborini tashkil etish esa ishlatilayotgan magistral gaz quvurining ishlatilish koeffitsienti va gaz iste’molchilariga xaydalayotgan gazning hajmini oshiradi, bu esa o'z navbatida maxsulot tannarxining kamayishiga olib keladi.
4. Xom yash 'yo va yoqilg'i zaxiralarini tashkil qilish: Gazlari zavodga yil davomida notekis yetqaziladi. Turli sabablarga ko'ra zavoddan chiqqan maxsulot xam yil davomida notekis iste’mol qilinadi. Zavod o'rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati bilan ishlaydi. Tayyor maxsulotlar (tozalangan gaz va gazli benzin)ni tarqatishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar tufayli, zavodning vaqtinchalik ishdan to'xtalishi yuzaga keladi, bu esa xalq xo'jaligi uchun katta zararga olib kelishi mumkin.
5.Gazni boshqa qushimchalardan tozalovchi zavod quvvatini kamaytirish: Agar yer osti gaz ombori mavjud bo'lsa tozalovchi zavod o'rtacha yillik sarfga hisoblanadi, agar bo'lmasa qish vaqtidagi maksimal o'rtacha sarfga hisoblanadi.
6. Elekt energiya iste’moli notekisligini meyorlash: Yoz vaqtida, iste’molchilar tomonidan elektr energiyani iste’mol qilish pasayganda, ortib qolgan elektr energiyani gazni er ostiga haydash uchun ishlatiladigan kompressorlarni xarakatga keltiruvchi elektrodvigatellarda ishlatish. Qish vaqtida ya'ni, elektr energiya tanqisligi mavjud bo'lganda, ombordan olinayotgan siqilgan gaz, turbolektrogeneratorlardan o'tqazilib elektr energiyasi hosil qilinadi va bu energiya tarqatish tizimiga yuboriladi.
Shahar, shahar tumanlari yoki aholi yashash punktlari gaz iste’molining yillik miqdori meyorlar orqali hisoblanadi. Gaz iste’molining barcha turlari quyidagilarga bo‘linadi:
Maishiy iste’mol – xonadonlardagi gaz iste’moli;
Kommunal va jamoat tashkilotlarida – o‘quv yurtlari, shifoxona, bolalar bog‘chasi, ustaxona, sartaroshxonalar;
Binolarni isitish va ventilyatsiya uchun;
Sanoat iste’moli – zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish korxonalari.
Iste’mol qilinadigan gazning miqdori juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun gaz iste’moli hajmining o‘rtacha normasi sarf hisobida aniqlanadi. Gazning issiqlik beraoluvchanlik koeffitsiyentidan kelib chiqqan holda gaz iste’molining normativ ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Ularning issiqlik birligidan kelib chiqqan holda aniqlaydi (MDjz (yil odam)).
Markazlashgan issiq suv ta’minoti mavjud bo‘lganda – 3360;
Gazli suv isitish uskunali issiq suv ta’minotida – 6720;
Issiq suv ta’minoti mavjud bo‘lmaganda – 4190;
Qishloq joylarida – 5520.
Masala. Sanoat shahri bir yilda m3 gaz iste’mol qiladi. Gaz iste’molining oylik notekislik koeffitsienti quyidagi jadvalda keltirilgan.
2-jadval