O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


GEOSIdan olinadigan gazni tozalash va quritish



Download 1.42 Mb.
Page36/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
10.3. GEOSIdan olinadigan gazni tozalash va quritish
GEOSIda gazni quritish hamda suyuq va qattiq mexanik aralashmalardan tozalash тегишли стандарт talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
GEOSIda gazni quritish va tozalash uskunalaridan «O‘ztransgaz» AK tomonidan asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi zavodlarning йўриқномалари asosida tuzilgan yo‘riqnoma, tegishli tartibga soluvchi hujjatlar va qoidalarga muvofiq ishlatiladi.
Gaz tozalash uskunalarini ishlatish jarayonida to‘planib qolgan aralashmalar vaqti-vaqti bilan drenaj sig‘imlarga chiqarilishi, ularning miqdori hisobga olinishi, uskuna va apparatlardagi gaz bosimi va harorati nazorat qilinishi lozim.
Kollektor va shleyflarning izolyatsiyasini issiq gazdan himoya qilish maqsadida kompressor stansiyasining bosim ostida ishlaydigan gaz quvur uzatkichlarida gazni havo bilan sovutish apparatlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.


10.4. Yer osti gaz omborini ishlatish uchun talab etiladigan texnik hujjatlar
Yer osti gaz omborida quyidagi hujjatlar bo’lishi kerak;
a) kon ajratmasi, yer ajratmasi (gaz quvurlari, KS, quduqlar va ularga borish yo‘llari, obektlar, bino, inshoot va qurilmalar qurish uchun);
b) bosim ostida gaz haydash, ishlatish, yuttirish, kuzatish, geofizik nazorat va bo‘shatish quduqlari, shuningdek shleyflar, gaz taqsimlash stansiyasi (GTS) va KSdan chiqadigan ichki kon quvurlari, saqlash inshooti quduqlariga borish yo‘llari boshqa yer osti va yer usti kommunikatsiyalari qayd etilgan yer osti gaz omborining vaziyatli rejasi;
v) yer osti gaz ombori kollektor-qatlamining strukturaviy xaritalari, maydonning geologik tuzilishi profillari (bunnaning ikta asosiy o‘qi bo‘yicha);
g) sanoat maydonchalarining KS, GTS, yer osti va yer usti kommunikatsiyalari ko‘rsatilgan rejalari;
d) yer osti gaz omborining ijro texnik hujjatlari;
e) yer osti gaz ombori balansida bo‘lgan favvora armaturalari, quduqlar, yer osti gaz omborining xududida joylashgan boshqa tashkilotlarga qarashli quduqlarning pasportlari;
j) yer osti gaz omborini barpo qilish va ishlatish texnologik loyihasi, shuningdek, saqlash inshooti barpo etish va ishlatishda loyihaga kiritilgan o‘zgartirishlar;
z) yer osti gaz omborini jihozlashning texnik loyihasi;
i) uskunalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomalar;
k) lavozim yo‘riqnomalari;
l) texnologik uskunalar va qurilmalarning boshqa xujjatlari;
m) gaz va qo‘shimcha komponentlarni hisobga olish, profilaktika va ta’mirlash ishlari, shuningdek, xavfsizlik texnikasi va mehnat uhofazasi, yong‘in va favvora xavfsizligi, yer osti boyliklari va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha muntazam to‘ldirib boriladigan hujjatlar (jurnallar, hisobotlar va h.k.
n) favqulotda va avariya vaziyatlarini bartaraf etish rejasi.

Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page