13.4. Gazni omborda saqlashda neft qatlamida sodir bo'ladigan jarayonlar Ishlatib bo'lingan neft qatlamida gazni yer ostida saqlash jarayonida gaz, qoldiq neftni nafaqat ishchi quduqlar tubiga surib keladi, balki neft komponentlarini xam eritib, xam bug'latirib o'zi bilan birga qatlamdan yuqoriga olib chiqadi. Neftning surilish, erish va bug'lanish jarayoniga saqlanayotgan gazning ta'siri, qatlam-kollektorning fizik-geologik parametrlariga,neft vagazning fizik xossalariga, yer osti gaz ombori ishining texnologik parametrlariga bog'liq bo'ladi.
Bu parametrlarning asosiylari:
qatlamdan o'tgan gaz hajmining, qatlam g'ovakli bo'shlig'i hajmiga nisbati va b.
Tajribada, saqlanadigan gaz sifatida tarkibida 1% gacha etan, propan va boshqa og'ir komponentlar mavjud bo'lgan gaz olinib, bu gazning neft zichligiga, bosimiga, xaroratiga, gaz va neftning dinamik qovushqoqliklar koeffitsienti nisbatining gazni siqilib chiqish va bug'lanish jarayonlariga ta'siri o'rganildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosaga kelish mumkin. Bosqa bir xil sharoitlarda bosim va xarorat qancha yuqori bo'lsa, neftning nisbiy zichligi shuncha kichik, xaydalayotgan gazdagi bug'lanish hajmi esa shuncha katta bo'ladi. Bosqa bir xil sharoitlarda gaz va neft qovushqoqliklarining nisbati, bosim va xarorat qancha yuqori bo'lsa, neft zichligi shuncha kam, siqilib chiqayotgan neft hajmi shuncha kup bo'ladi.
Qatlam yotish burchagining gorizontga nisbatan 150 dan 300 gacha o'zgarsa gaz yuqoridan pastga qarab xarakatlanganda siqib chiqarilayotgan neft hajmining sezilarli darajada ortishiga olib keladi. Bu dalil xaydovchi quduqlarni qatlamning ko'tatilgan gumbaz qismida, ishlab chiqarish quduqlarini esa pastlashgan qismida joylashtirish maqsadga muvofiqligini isbotlaydi.