13.3. Saqlash ob'ekti yaroqliligini baholash Ishlatib bo'lingan neft konidan yer osti gaz ombori sifatida foydalanish mumkin. Bu konni ishlatish jarayonida to'plangan ma'lumotlar, undan yer osti gaz ombori sifatida foydalanish mumkinligini baholash uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni olish umkoniyatini beradi. Neft koni mavjudligining o'zi qatlam qopqog'ining germetikligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, qazib olingan neft, gaz va suvlarning hajmi, quduqlar bo'yicha debit va bosimning o'zgarishi, qatlam-kollektorning geologo-fizik parametrlari va neft, gaz va suvning fizik xossalari oldindan ma'lum bo'ladi.
Lekin, kon xududidagi eski tashlandiq yoki zichligi yuqolgan quduqlar sinchkovlik bilan o'rganilishi, tanlanishi va ta'mirlanishi zarur. Shleyflar, kon neft quvurlari, separatorlar va boshqa uskunalarning holati va zichligi o'rganiladi. Chunki bu uskunalardan gazni yer ostida saqlash jarayonida foydalanish mumkin. Gazni tozalash va qurutish uchun yangi qurilmalar qurish, yangi xaydovchi-oluvchi quduqlarni burg'ulash kerak bo'ladi.
Shu bilan bir vaqtning o'zida quyidagilarni aniqlash maqsadida tadqiqotlar olib boriladi:
qoldiq neftni olishning maksimal mumkin bo'lgan hajmini aniqlash;
xaydovchi-oluvchi quduqlarining ishlab chiqarishini oshirish bo'yicha tadbirlar;
- saqlash jarayonida gaz tarkibining o'zgarishini aniqlash.
Quyida 18-rasmda gaz konini ishlatish natijasi bo'yicha tuzilgan egri chiziqlar ko'rsatilgan.
Gn, Qn=const
Grafikdan ko'rinib turibdiki, gaz-neft faktori Gn boshida bir tekis ko'tarilib, keyin keskin kamayadi. Gaz-neft faktori Gn ning bunday o'zgarishi neft bilan band bo'lgan qatlam g'ovakli bo'shlig'i doimiy xajmda ekanligidan, qatlamda suv xarakatining yuqligidan dalolat beradi. Bundan tashqari qatlam gazlangan suyuqlik rejimida ishlatilayotganidan xam dalolat beradi.
Gaz faktorining doimiy yoki bir tekis ko'tarilishi (Gn) suvning neft qatlamiga qarab xarakatlanishini, neft bilan to'yingan qatlam g'ovakli bo'shlig'i hajmining kamayishini ko'rsatadi.